ESHQUVVATOV Begmamat Teshayevich

ESHQUVVATOV Begmamat Teshayevich (1938.20.8, Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani) — oziq-ovqat sohasidagi olim. Samarqand kooperativ in-ti va Samarqand iqtisodiyot va servis in-ti, muhandislik-texnologiya f-tida katta laborant, assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, prorektor, kafedra mudiri (1966—2003), 2004-yildan Oʻzbekiston FA Samarqand boʻlimida (hududiy muammolar kompleks ilmiy tekshirish institutida) ishlaydi.

Ilmiy ishlari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi samarali usullarning nazariy asoslarini ishlab chiqishga doir. Eshquvvatov matematik, fizik va biologik modellar asosida texnologik jarayonlarning yangi sxemalarini, muhandislik-hisoblash uslublarini yaratdi.

As: Osnovi techeniya uprugovyazkix plasticheskix mass, Almaata, 2005; Texnologik jihozlar va ularni loyihalash asoslari, T., 2005.


Lotin alifbosida maqola: ESHQUVVATOV Begmamat Teshayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
MATEMATIKA
IQTISODIYOT NAZARIYASI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты