EHTIYOT CHORASI

EHTIYOT CHORASI (huquqda) jinoyat qilishda ayblanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan protsessual majburlov chorasi. Oʻzbekiston Respublikasi JPKga koʻra, ehtiyot choralari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov, suddan boʻyin tovlashining va bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadlarida qoʻllaniladi. Bunda aybning ogʻirligi, ayblanuvchining shaxsi, yoshi, sogʻligʻi, boshqa holatlar hisobga olinadi.

Ehtiyot chorasining turlari: munosib hulqatvorda boʻlish toʻgʻrisidagi tilxat; shaxsiy kafillik; jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; qamoqda saqlash; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Alohida hollarda gumon qilinuvchiga nisbatan prokurorning ruxsati bilan qamoqda saqlash tarzidagi Ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin. Qonun talablariga koʻra shaxsga ana shu ehtiyot choralarining faqat biri qoʻllanilishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: EHTIYOT CHORASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYBLANUVCHI
TOSHKENT
AYB
DASTLABKI TERGOV
QAMOQQA OLISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты