FAYOZTEPA

FAYOZTEPA — mil. 1—3-a. larga oid budda monastiribodatxona majmuasi (vixara). Termiz sh. yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shim. gʻarbida. Horatepalan 1 km shim. sharqda joylashgan.

Fayoztepaning ochilishi 1968-y. bahorida choʻpon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Kuchma kum ustidan topib, Termiz oʻlkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968—76 y. larda arxeolog L. I. Albaum tomonidan oʻrganildi. Fayoztepa maydoni koʻchma qumlar uyumidan tozalangach, uning meʼmoriy tarhi ochilib, u 3 qismdan iborat monumental inshoot, yaʼni markaziy qismida — ibodatxona, uning shim. gʻarbida monastir, jan. sharqida esa xoʻjalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniklangan. Majmuaning umumiy mayd. 1,5 ming kv. m ga yaqin.

Ibodatxona tarkibining asosiy qismlaridan biri — stupa boʻlib, u boshqa ibodatxonalardan farkli ularoq, ibodatxona hovlisining markazida emas, balki uning tashqarisida, muqaddas sajdagoh bilan bir parallel chizikda joylashgan. Ular uzaro hovli maydonini kesib utgan gʻisht va mergeliy toshi tushalgan yoʻlakcha bilan bogʻlangan. Ibodatxonaning muqaddas sajdagohida Budda haykali (Bodxisatva) joylashgan, sajdagoh devorlari rangbarang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Devorlar osti boʻylab oʻz vaqtida budda haykallari (bal. 4 m) quyilgan. Kupchilik haykallar qizil rang bilan boʻyalgan, soʻng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh jan. devorida qizil kiyimda Budda tasviri sak,langan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapoʻsh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Ulardan biri Buddaga qarab sajda qilmoqda. Sajdagohning sharqiy devorida ham qandaydir devoriy rasmlar izi koʻrinadi. Xonadagi suvoq parchalarida har xil odamlarning rasmlari uchraydi. 60×80 sm li щ bir suvoq parchasida Buddaga yuzlangan 2 ta erkakning rasmi topilgan. Har 2 shakl qiyofasiga koʻra, baqtriyalik Budda ixlos mandlari boʻlib, ularning Buddaga sajda qilish holati tasvirlangan. Ushbu xonada ganchkori haykal boʻlaklari koʻplab uchraydi. Hatto xonaning sharqiy devori ostida qaykallar uchun pishiq gʻishtdan maxsus tagkursi qurilgan, uning usti esa mergeliy tosh parchalari bilan silliq qilib qoplangan. Haykallarning kupchiligi esa somon qoʻshilgan loydan yasalib, ularning sirtiga ganch qoplama berilgan. Haykallarning boshi maxsus qolipda quyilgan. Qoʻl va oyoqlari alohida yasalib, soʻng ular haykal tanasiga yopishtirilgan.

Fayoztepa haykallari orasida ganchdan ishlangan Buddaning bosh qismi diqqatni oʻziga tortadi. Uning tutamlangan qopqora sochlari, fusunkor chexrasi unga goʻzallik bagʻishlaydi. Buddani bunday ishlanishi kushonlar davri yodgorligida birinchi bor uchrashi edi. Ushbu muqaddas sajdagoh eshigi qarshisida yaxlit mergeliy toshidan yasalgan noyob sanʼat asari — triada topilgan. Triada markazida ipak mantiyaga oʻralgan Budda arka va muqaddas bodxa daraxti shoxlari ostida oʻtiribdi, 2 yonida tik turgan rohiblar esa unga iltijo qilib turgan holatda tasvirlangan. Sajdagoxdan 2 Kanishka va bitta Vasudeva tangalari topilgan.

Ibodatxona hovlisi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, mayd. 33×20 m, uning toʻrt tomoni boʻylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari boʻylab yaxlit uzun ayvon bilan urab olingan. Ayvon devorlari rangbarang devoriy rasmlar b-n bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti boʻylab supa joylashgan.

Ibodatxona hovlisining shim. gʻarbiy qismida, mergeliy tosh parchalaridan trapetsiya shaklida qurilgan hovuzcha boʻlib, uning tomonini pastki qismida suv oqizishga moʻljallanib teshikcha yasalgan. Teshikcha jagʻlari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan. Sher kushonlar davri sanʼatida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida oʻz aksini topgan. Diniy majmuaning 2qismi — monastir boʻlib, u ibodatxona bilan hovli karbiy devoridan ochilgan eshik orqali bogʻlangan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda oʻquv xonalari va zallari, ziyoratchilar toʻxtab oʻtadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni oʻrnatish uchun supatagkursilar qurilgan. Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyoxlar markaziy ibodatxonada diniy marosimlar toʻxtagan vaqtda oʻz ibodatlarini monastir sajdagoxlarida amalga oshirganlar.

Ibodatxonaning jan. sharqida uning xoʻjalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi 34,5×33,5 m. U ibodatxona bilan 3 eshik orqali bogʻlangan. Ibodatxonaning xoʻjalik qismida 15 ta xona ochilgan, ularning koʻpchiligida oʻchoq qoldiqlari topilgan. Majmua devorlari paxsa bilan tiklangan, xonalardagi soʻrisupalar va devorlarning taʼmiri gʻisht bilan urilgan. Hamma xonalar somon suvoq qilingan, faqat ikkita xona devorlari ganch bilan suvalgan. Bu 2 xona ibodatxona xoʻjalik qismining sajdagohlari boʻlgan deb faraz qilinadi. Ikkita xonadan tandir qoldiklari va qalin kul uyumi topilgan. Tandirli xonalarni qazish vaqtida koʻplab hayvon suyaklari, xum, kosa, nimkosa, sopol qadah parchalari chiqqan. Xumlardan boshqa barcha idishlar kulolchilik charxida yasalgan va ochqizil rangli angob b-n krplangan. Sopol sirti archa bargli, disksimon naqshlar bilan bezagilgan. Shuningdek, sopol parchalariga yalang oyoq Budda tovon izlari tushirilgan.

Sopollar ichida pilta chiroqlar va sopol qozonlar koʻplab uchraydi. Bir xonadan sopol quvur topilgan. Fayoztepaga Amudaryodan suv keltirilganligiga ishora qiluvchi kanal izi oʻrganilgan. Ushbu kanalga Amudaryodan chigʻir orqali suv chiqarilgan deb faraz qilinadi. Ibodatxona xoʻjalik qismining katta hovlisi aylanasi boʻylab kengligi 0,7 m li supa qurilgan. Uni qazish vaqtida sonsanoqsiz turli hayvon suyaklari topilgan, koʻplab sopol kosa va qadax, parchalari uchratilgan. Ushbu hovli Budda va uning rohiblariga atab qurbonlik qiladigan joy sifatida talqin qilinadi.

Fayoztepa majmuasining devorlari, asosan, paxsa va gʻishtdan qurilgan, ayniqsa, monastir va ibodatxona devorlarining balandligi 3 m gacha saqlangan. Ibodatxona xoʻjalik qismining jan. sharqiy devorlari yaxshi saklanmagan. Barcha devorlar somonli loy bilan suvalgan boʻlib, koʻp hollarda suvoq ustiga oq rangda jilo berilib. uning usti rangli rasmlar bilan bezatilgan.

Fayoztepa Eron sosoniylarining bosqinchilik xujumlari natijasida xarobaga aylangan. 5-a. —6-a. ning 1yarmida ibodatxona vayronalaridan eftaliylar daxma sifatida foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Fayoztepa butunlay vayron qilingan, keyinchalik u koʻchma qumlar ostida qolib ketgan.

Ad. Albaum L. I., Raskopki buddiyskogo kompleksa Fayaetepa, Sb. «Drevnyaya Baktriya», L., 1974; Kozlovskiy V. A., K izucheniyu drevnix pamyatnikov materialnoy kulturы Surxandarinskoy oblasti. Sb. «Drevnyaya Baktriya», L., 1974; Albaum L. I., Issledovaniye Fayaztepa v 1973 g. Sb. «Baktriyskiye drevnosti». L., 1976.

Ahmadali Asqarov.


Lotin alifbosida maqola: FAYOZTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
ROSSIYA
SURXONDARYO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты