FALASTIN — Gʻarbiy Osiyodagi tarixiy viloyat (qad. yahudiycha pelishtim — «filistinliklar» soʻzidan olingan). Oʻrta dengizning sharqiy sohilidajoylashgan. Mayd. 26 ming kv. km. Falastinning asosiy qismi Isroil bilan Iordaniyaga qarashli. Mil. av. 5—4 ming yillikda Falastinga somiy qabilalari kirib kelgan. Mil. av. 3—2 ming yillikda Falastinda xanaaneylarning ilk shahardavlatlari paydo boʻlgan (mil. av. 2ming yillikda Falastin va Finikiya hududi Xanaan deb atalgan). Mil. av. 16 — 13-a. larda Falastin Misr tasarrufida boʻlgan. Mil. av. 13a. oxirida Falastinda filistimliklarning hukmronligi oʻrnatilgan. Oʻsha vaqtdayoq mamlakatning aksariyat qismi mil. av. 11-a. da tashkil boʻlgan Isroilyahudiy podsholigi hududida istiqomat qiluvchi qabilalar tomonidan zabt etilgan. Dovud va Sulaymon podsholar davrida Isroil qudrati avjiga chiqqan. Taxm. 935-y. da bu davlat ikkita podsholik — Isroil va Iudeya (Yaqudiya)ga boʻlingan. Mil. av. 8-a. oxirida Falastinning shim. hududi — Isroil podsholigi Ossuriya tomonidan bosib olingan. Jan. Falastin (Iudeya podsholigi)ni mil. av. 6-a. da bobilliklar, soʻngra axomaniylar, mil. av. 4-a. da makedoniyalik Aleksandr oʻzlariga boʻysundirganlar. Mil. av. 3—2-a. larda Falastin Ptolemeylar (Misr) bilan Salavkiylar oʻrtasida talash boʻlgan. Falastin mil. 1-a. da (63 y.) rimliklar tomonidan bosib olingan. Lekin fakat Iudeya urushlari (66—73 y. lar) va Bar Koxba qoʻzgʻoloni (132 — 135) bostirilganidan soʻnggina Falastin Rim imperiyasining viloyatiga aylangan.
Mil. 1-a. da Falastinda xristian dini paydo boʻlgan. 395-y. da Falastin Vizantiya ixtiyoriga oʻtgan. 640-y. F. arablar tomonidan bosib olinib, arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Abbosiylar davrida Falastinda iqto tizimi joriy qilingan, aholini islom diniga kiritish jarayoni avj olgan, xristianlarning huquqiy maqomi kuchsizlangan. Bu bir qator xalq qoʻzgʻolonlari, jumladan, 842-y. Abu Xarba boshchiligidagi gʻalayonga sabab boʻldi. Abbosiylar xalifaligi parchalanganidan soʻng Falastin astasekin tuluniylar, ixshidiylar sulolalari hukmronligi ostiga oʻtgan. 9—11-a. larda Falastinda iqtisodiy yuksalish yuz bergan, katta yer maydonlariga ishlov berilgan. Iudaizm, xristian va islomning diniy markazi Quddusda 11-a. da 40 ming aholi yashagan. Akka, Kesariya, Askalon, Gʻazoda savdo rivojlangan. 1099-y. salibchshgar Quddusni egallab, uni Quddus qirolligining markaziga aylantirganlar. 1187-y. Xattin yaqinidagi jangda Salohiddin salibchilarni yengib, Quddusni qoʻlga kiritgan. Falastin ayyubiylar, keyinroq mamluklar tomonidan Misrga qoʻshib olingan. Falastin 1516-y. gacha ularning qoʻlida boʻlib, soʻng turklar tasarrufiga oʻtgan. Usmonli turk imperiyasining 17a. oxiridan tanazzulga yuz tutishi bilan turk xukmdorlarining oʻzboshimchaligi kuchaygan. Solikdar oshgan. Natijada Falastin iqtisodiy tushkunlikka uchragan. 19-a. ning 20-y. larida Falastinda turklarga qarshi xalq harakati kuchaygan. 1832-y. F. Misr poshosi MuhammadAli tomonidan zabt etilgan. Hokimiyatning markazlashuvi, zodagonlar zulmining cheklanishi Falastinni iqtisodiy rivojlanishiga turtki boʻlgan. Ammo soliqlarning koʻpayishi, harbiy majburiyatning joriy qilinishi aholi oʻrtasida qoʻzgʻolonga olib kelgan (1834). Livan va Suriya xalqining Misr hukmronligiga qarshi 1840 —41 y. lardagi kurashini Falastin xalqi qoʻllabquvvatlagani bahonasida Falastinda turk hukmronligi tiklangan. 19-a. ning 40-y. laridan boshlab Yevropa davlatlari Falastinga kirib kela boshladilar. 1869-y. Suvaysh kanalining ochilishi bilan Falastinning strategik va iqtisodiy ahamiyati yanada kuchaydi. 1892-y. fransuz kompaniyasi Falastinda birinchi Yaffa — Quddus t. y. ni qurgan. 19-a. oxiridan boshlab Yevropa mamlakatlaridagi yahudiy aholining Falastinga koʻchishi boshlangan. 1-jahon urushi yillarida F. Germaniya, Turkiya hamda ingliz qoʻshinlari oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. Bu raqobat F. ni inglizlar tomonidan zabt etilishi bn yakunlandi. 1916-y. SayksPiko shartnomasiga binoan, Falastinda xalqaro rejim joriy qilinishi lozim boʻlgan. Falastinda oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida inglizlar Yevropa mamlakatlarida 19-a. ning 90-y. larida paydo boʻlgan reaksion (teskarichi) — millatchi harakatning koʻrinishlaridan biri boʻlgan sionizmdan foydalanganlar. Sionistlar Falastinda yahudiylar davlatini tuzishni talab qilganlar. 1917-y. 2 noyab. da Angliya hukumati Balfur deklaratsiyasini eʼlon qilib, Falastinda «yahudiy xalqi uchun milliy maskan» tuzishni vaʼda qilgan. 1920-y. apr. da SanRemo sh. (Italiya)da Angliya Falastin ustidan ingliz mandatini joriy etishga muyassar boʻlgan. Angliya Falastinning iqtisodyy va siyosiy hayotida hal qiluvchi mavqega ega boʻlgan, Yevropa mamlakatlaridan koʻplab yahudiylarning kirib kelishiga imkon yaratgan. Sionist tashkilotlar Falastinda bir nechta konsessiyalarni qoʻlga kiritganlar. Mamlakatdagi butun qokimiyat ingliz oliy komissari qoʻliga oʻtgan. Uning huzuriga ingliz amaldorlaridan tarkib topgan «Falastin hukumati» tuzilgan. Arab aholisi mamlakatni idora qilishga jalb etilmagan. 1920—39 y. larda ingliz mustamlaka siyosati sionistlar bilan hamkorlik qilishga asoslangan. Sionistlar Angliya yordamida arab xalqozodlik harakatiga qarshi ish koʻrganlar. Shu bois Angliya arab aholisining kuchli noroziligiga duch kelgan va natijada unga qarshi qurolli qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan. 1936-y. okt. da Pil boshchiligida Falastinga yuborilgan komissiya F. ni yahudiylar va arablar yashaydigan qismlarga boʻlishni tavsiya qilgan. Bu F. dagi arab tashkilotlari va arab mamlakatlarining qattiq noroziligini keltirib chiqargan. 1939-y. may oyida ingliz hukumati «Oq kitob» ni eʼlon qilishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Angliya maʼmuriyati Falastinga yahudiylarning kelishini cheklashi va keyinchalik toʻxtatishga qaror qilgani bayon etilgan. Bu Angliya maʼmuriyati bilan sionistlar oʻrtasiga nizo solgan. Sionistlarni AQSH qoʻllab-kuvvatlagan.
2-jahon urushidan soʻng Falastin xalkdarining ingliz qaramligidan xalos boʻlish uchun kurashi kuchaygan. 1947-y. Angliya Falastin masalasini BMT muhokamasiga qoʻyishga majbur boʻlgan. 1947-y. 29 noyab. da BMT Bosh Assambleyasi Britaniya mandatini bekor qilish, Falastindan ingliz qoʻshinlarini chiqarish va Falastinda mustaqil demokratik yahudiy va arab davlatini tuzish haqida qaror qabul qilgan. Quddus sh. alohida xalqaro rejimga ega mustaqil maʼmuriy birlikka aylanishi lozim boʻlgan. 1948-y. 14-mayda Yahudiy sionistik tashkilotlar Isroil davlati tuzilganligini eʼlon qilishgan. 14-maydan 15-mayga oʻtar kechasi Angliyaning qutqusi bilan 1948—49 y. dagi arabisroil urushi boshlangan. Arab davlati uchun moʻljallangan hududning bir qismi hamda Quddus sh. ning gʻarbiy qismi Isroil tomonidan bosib olingan (6,7 ming kv. km). Isroil qoʻshinlari Falastin hududidan 900 mingdan ziyod arablarni haydab chiqarganlar. Shunday qilib, Isroil Yaqin Sharq mintaqasida qochoqlar muammosini keltirib chiqargan. Isroil BMT qaroriga muvofiq, Falastin arab davlatiga oʻtishi kerak boʻlgan hududning 60% ini bosib olgan. Tashkil etilib ulgurmagan mana shu davlatning sharqiy qismi va Quddus (5,5 ming kv. km) Iordaniya hududiga, Gʻazo sektori (258 ming kv. km) Misr nazoratiga oʻtib qolgan. 1949-y. sulh shartnomalariga binoan, Isroil bilan qoʻshni arab davlatlari oʻrtasida demarkatsiya chegara chizigʻi belgilangan.
1964-y. 28-mayda Quddusda qochoqdagi falastinliklarning Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) tuzilgan. 1967-y. iyunda Isroil — Suriya, Misr va Iordaniyaga qarshi urush boshladi. Isroil Sinay ya. o., Gʻazo sektori, Iordan daryosi gʻarbiy sohilidagi yerlar, Quddus hamda Joʻlan tepaliklarini bosib olgan.
1987-y. ga kelib Falastin qochoklarining soni 2 mln. ga yaqinlashgan. 1988-y. 15 noyab. da F. Ozodlik tashkilotining oliy organi — F. Milliy kengashi Jazoir sh. da mustaqil Falastin davlati tuzilganini eʼlon qilgan. 1989-y. 29-martda F. Ozodlik tashkiloti ijroiya qoʻmitasi Yosir Arafotnm Falastin davlati prezidenti etib tayinlagan. 1993 i. sent. da Isroil bilan F. Ozodlik tashkiloti ikki tomon oʻrtasidagi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish tamoyillari toʻgʻrisida deklaratsiyaga imzo chekdilar. Bu deklaratsiyaga muvofiq, 1994-y. mayda Gʻazo sektori (Gʻazza mintaqasi) va Ierixon sh. atrofi (Iordan daryosining gʻarbiy sohili)da Muvaqqat Falastin muxtoriyati tuzilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq, Falastin mojarosini uzilkesil hal etish uchun oʻtish davri (5 y. gacha) belgilangan. 1996-y. yanv. da Falastin qonun chiqaruvchi kengashi saylangan. 1998-y. avg. da hukumat tuzilgan. Isroil Bosh vaziri A. Sharon hukumati davrida Falastin bilan Isroil oʻrtasidagi tarang munosabatlar avjga chikdi. 2004-y. 22-martda HAMAS ekstremistik tashkilotining rahbari shayx Ahmad Yosin oʻldirildi. Natijada Falastin masalasini x^l qilish yanada murakkab tuye oldi. 2004-y. noyab. da Yo. Arafot vafotidan soʻng uning oʻrniga vaqtincha Mahmud Abbos tayinlandi. 2005-y. yanv. da Maxmud Abbos F. Ozodlik tashkiloti raisligiga saylandi.