FALES

FALES Miletlik (mil. av. taxm. 625 — taxm. 547) — yunon faylasufi, antik falsafa va fanning ilk namoyandasi. Milet maktabiga asos solgan. Fales savdogar, siyosiy arbob, munajjim, fiziolog, suv muhandisi sifatida ham taniqli edi. U koʻpgina mamlakatlar (jumladan, Misr va Bobil)da boʻlib, ularning madaniyati, fani, falsafiy merosi bilan yaqindan tanishgan. Turli sohalarda, xususan, astronomiyada kashfiyotlar qildi (mas, Yunonistonda 1boʻlib Quyoshning mil. av. 585-y. da tutilishini oldindan aytib bergan). Falesning fikricha, Oyning yorugʻi Quyosh nurining undagi inʼikosidir. U, shuningdek, Quyoshning 1 y. davomida harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlagan. Fales taʼlimotiga koʻra, tabiatdagi turlituman narsa va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo boʻlgan va pirovardida suvga aylanadi. U 1boʻlib, olamning moddiy birligi haqida, bu moddiy birlikning doimiy harakatda va oʻzgarishda ekanligini aytgan.

Fales asarlari saklanmagan. U hakdagi maʼlumotni Aristotel asarlaridan topish mumkin. Jumladan, Fales «Quyoshning harakati haqida» «Teng kunlik haqida» kitoblarini yozganligi maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: FALES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
YER
FALSAFA
IBN SINO
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты