FANTAZIYA

FANTAZIYA, xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xrlatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat. U insonning badihagoʻylik qobiliyati, badiiy toʻqimalarga ustaligi, topagʻonligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga toʻgʻri kelmaydigan holatlarni roʻyobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon boʻladi. Fantaziya inson ongida vujudga kelishidan eʼtiboran borliqning qiyofasini oʻzgartirishga yoʻnalgan boʻladi. Mas, bola oʻzini kosmonavt sifatida his qiladi, konstruktor rolini bajaradi, syujetli oʻyinlarda muayyan qaxramonlar obrazini ijro etishga kirishadi. Fantaziya tufayli eshitmagan, koʻrmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi: choʻplardan ot qiyofasini, stuldan xarakatlanuvchi texnikani, qushlardan tezkor uchish apparatini, suv osti ajoyibotlaridan suzish asboblarini takomillashtirishni xayolan oʻylaydi. Shy jihati bilan Fantaziya ulkan badiiy, ilmiy va maʼrifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida Fantaziya ishtirok etmasdan iloji yoʻq. Fantaziya shaxs amalga oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki akliy faoliyatga aylanadi. Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari (hayolot timsollari, Fantaziya) tufayli oʻzgartiradi.


Lotin alifbosida maqola: FANTAZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
XALQ IJODI
Abdulhay Karimov - To’y bola
YER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты