ZOKIROVLAR — 20-a. Oʻzbekiston musiqa sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan oʻzbek sanʼatkorlari oilasi. Sulola boshligʻi opera xonandasi (lirik-dramatik bariton), Oʻzbekiston xalq artisti (1939) Karim Zokirov (1912.12.3 – Toshkent – 1977.19.2). Moskvadagi Uzbek opera studiyasida taʼlim olgan (1934—36). Ijodiy faoliyatini 1928 i. dramatik aktyor sifatida boshlab, dastlabki rollarini Uzbek davlat drama teatri (1928— 29), Ishchi-yoshlar teatri (1930—31)da oʻynagan. 1931—34 va 1936—39 y. larda Uzbek davlat musiqali teatri, 1939—77 y. lar Navoiy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi yakkaxon xonandasi. Musiqali dramalarda Farhod (Xurshid; V. Uspenskiy, «Farhod va Shirin»), Neʼmat (F. Zafariy; T. Jalilov, «Halima»), Majnun (Xurshid; T. Sodiqov, «Layli va Majnun») kabi; operalarda Ulugʻbek (A. Kozlovskiy, «Ulugʻbek»), Torobiy (O. Chishko, «Mahmud Torobiy»), Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, «Tohir va Zuxra»), Ibrohim (R. Glier, T. Sodiqov, «Gulsara»), Shoh Bahrom (M. Ashrafiy, «Dilorom») singari obrazlar yaratgan. «Maysaraning ishi» (S. Yudakov) operasidagi Mulladoʻst obrazi K. 3. talqinida oʻziga xos badiiy ifodasini topgan.
K. 3. chet el mumtoz asarlari asosidagi (Eskamilyo, J. Bize, «Karmen; Yeleskiy, P. Chaykovskiy, «Motka qargʻasi» va b.) va Qozogʻiston, Ozarbayjon kompozitorlari (Er Targʻin, Ye. Brusilovskiy, «Er Targʻin»; Hasanxon, U. Hojibekov, «Koʻr oʻgʻli»; Kajar, A. Spendiarov, «Almast» kabi) operalaridagi rollarni ham ma-horat bilan ijro etgan. K. Z. ning kuylash uslubi ochiq tovushi, oʻzbek milliy, shuningdek, zamonaviy ijrochilik anʼanalari bilan uzviy bogʻliq. Xalq ashulalari, oʻzbek bastakorlari asarlari va ayrim maqom parchalari — «Istarman», «Ey nigorim», «Chorgoh I, II, III», «Navbahor», «Koʻchabogʻi I — II», «Girya», «Karimqulbegi I—II», «Dugoh» va b. K. 3. ijrosida yuksak badiiy ifodasini topgan.
K. Z. ning rafiqasi Shohista Saidova (1917 — Toshkent — 2000.7.2) — aktrisa, xonanda. Muqimiy nomidagi teatrda ishlagan (1952—62). Eng yaxshi rollari: Mohimbonu («Tohir va Zuhra»), Gulruh («Ravshan va Zulxumor»), Bekachi («Alpomish»), Am-ma («Xolisxon», «Nurxon»), Rohatoy («Oftobxon») va b. U, shuningdek, mohir lapar ijrochisi ham boʻlgan.
Oʻgʻli Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva — 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artis-ti (1965). Uzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal f-ti (1952 — 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tining rej. lik f-ti (1958—62)da taʼlim olgan. «Yoshlik» ansambli (1957), Uzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978-y. dan «Oʻzbekkonsert»ning yakkaxon xonandasi. B. Z. oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — «Maftun boʻldim», «Namedonam, chi nom dorad»; I. Akbarov — «Yor kel», «Raʼno», «Gazli», «Seni eslayman»; Sayfi Jalil — «Majnun monologi», «Kechalar yulduz sanab» va b. Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind («Nechun xayolga choʻmding?», «Dil orzusi», «Meychale»), eron («Maro bebus», «Ayriliq qoʻshigʻi»), misr («Arabcha tango», «Uyqum oʻgʻrisi»), suriya («Oʻtmishimga yigʻlayman»), livan («Goʻzal qiz»), meksikan («Alvido muhabbat»), italyan («Yashasin muhabbat») qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z. ning rassom sifatida yaratgan «Avtoportret», «Saraton», «Gumbazlar», «Bolalik koʻchasi», «Chor minor» kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, «Soʻgʻd elining qoploni» operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. «Kichik shahzoda» (A. de Sent-Ekzyuperi), «Soya» (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis («Gullar ochilganda»), Rabindranat Tagor («Olovli yoʻllar»), Abdullo («Dahoning yoshligi») kabi obrazlar yaratgan. «Oʻzbektelefilm» studiyasi B. Z. ga bagʻishlangan «Menga qoʻshiqchizib ber» va «Aytilmay qolgan qushiq» hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov «Oʻsha, oʻtgan kunlar» filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994-y. B. 3. nomida estrada orkestri tashkil etildi (hoz. «Oʻzbeknavo» qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995-y. «Botir Zokirov jamgʻar-masi» tashkil etidsi. 1989-y. dan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.
Qizi Luiza Zokirova (1938.7.1, Toshkent) — estrada xonandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1965). Eng yaxshi qoʻshiqlari: «Namanganning olmasi», «Qoralar-qopqoralar», «Ey, mehribonim», «Yovvoyi tanavor». Shuningdek, hind, arab, indonezcha qoʻshiqlari bilan tanilgan.
Oʻgʻli Navfal Zokirov (1941.19.3 — Toshkent — 1976.9.11) — estrada xonandasi. Toshkent davlat konservatoriyasining opera sinfini tugatgan (1968). Butunittifoq estrada tanlovi laureati (1969). Eng yaxshi qoʻshiqlari: «Ayt», «Koʻrmadim», «Maysaraning ishi»dan Hoji Dargʻa ariyasi. Shuningdek, Amerika va Yevropa mamlakatlari qoʻshiqlarini ijro etgan. Ayniqsa, gastrol-konsert faoliyati uning ijodida alohida oʻrin tutadi.
Oʻgʻli Farrux Zokirov (1946.16.4, Toshkent) — estrada xonandasi, bastakor. Oʻzbekiston (1987), Qoraqalpogʻiston (1993), Qozogʻiston (1995), Qirgʻiziston (1996), Tojikiston (2000) xalq artisti. Toshkent davlat konservatoriyasida taʼlim olgan (1966-69), Toshkent davlat mada-niyat in-tini tugatgan (1999). Uzbek davlat estradasining yakkaxon xonandasi (1969—71), 1971-y. dan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan davlat «Yalla» ansambli xonandasi, badiiy rahbari (1976-y. dan), 2002-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri oʻrinbosari. F. 3. mayin va shirali ovoz sohibi, oʻzbek milliy va zamonaviy estrada anʼanalariga tayanadi. «Yalla» ansambli repertuarini qay-ta ishlangan oʻzbek xalq lapar, yalla va b. qoʻshiqlari («Yoʻl boʻlsin», «Yallama yorim», «Gʻayragʻayra», «Handalak», «Qilpillama», «Ganja Qorabogʻ» va b.) bilan boyitgan, shuningdek, zamonaviy oʻzbek estradasi milliy anʼanalarga asoslangan ommabop musiqa («folkpop») uslubining yuzaga kelishiga muhim hissa qoʻshgan. «Maysaraning ishi» (S. Yudakov) operasidan Mulladoʻst, Hidoyatxon, Hoji Dargʻa ariyalarini estrada uslubida aytgan, shuningdek, koʻpgina filmlar («Temir xotin», «Vodillik kelin», «Orzular ogʻushi-da», «Maysaraning ishi» va b.) dagi qoʻshiklarning muallifi va ijrochisi. «Masxaraboz», «Tungi yulduz», «Sen boʻlmasang yonimda», «Boychechak», «Fazal», «Ruboiy», «Musiqiy choyxona», «Layli», «Majnuntol», «Lola», «Xayolimda bulding uzzu kun», «Uchquduq», «Shahrisabz», «Oʻzbekiston vatanim» kabi qushiqlarning muallifi. Jahonning deyarli barcha mintaqalarida oʻzbek estrada sanʼatini («Yalla» ansambli b-n) targʻib etgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1-chaqiriq Oliy Majlisining deputati. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Shuhrat» medali bilan takdirlangan (1996).
Oʻgʻli Jamshid Zokirov (1948.11.7, Toshkent) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1995). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1971-y. dan Hamza teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Albert («Oqshomdan tushgacha»), Farhod («Kuzning birinchi kuni»), Xolmat («Boy ila xizmatchi»), Erkak («Taqdir eshigi»), Stepan («Mardikor»), Erkak («Aldagani xotin yaxshi») va b. Kinoda Ota («Orzular ogʻushida»), Hakim («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Olimtoy («Temir xotin») kabi rollarni oʻynagan va videofilmlarda suratga tushgan: Dekan («Domla»), militsioner («Tartib»), Sharif Nomozov («Shaytanat») va b.
Oʻgʻli Ravshan Zokirov (1951.19.3, Toshkent) — xonanda, rassom. Toshkent davlat madaniyat in-tini tugatgan (1990). Uning repertuaridan «Layli» [shu qoʻshigʻi bilan «Asiya dausы» (Qozogʻiston) festivalida birinchi oʻrinni olgan], «Barno», «Rubobim tori» kabi qoʻshiqlar oʻrin olgan. Lirik mavzuda rayem va portretlar chizgan. 1995-y. dan «Botir Zokirov jamgʻarmasi»ning direktori.
Kelini Gavhar Zokirova (1949.10.9, Toʻytepa) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1988). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼa-ti in-tini tugatgan (1971). 1971-y. dan Hamza teatri aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Amaliya («Qaroqchilar»), Agafya («Uylanish»), Jamila, Gulbahor («Boy ila xizmatchi»), Dezdemona («Otello»), Ayol («Taqlir eshigi»), Gulnor («Qutlugʻ qon»), Bibixonim («Sohibqiron Temur»), Farishta («Shayton va farishta») va b. Kinoda Nigora («Tuylar muborak»), Guli («Yulduzingni ber osmon!»); videofilmlarda Vazira («Olmos kamar»), Hamshira («Abadiyat qonuni»), Guliraʼno («Domla»), Nasiba («Shaytanat») kabi obrazlar yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
Botir Zokirovning oʻgʻli Baxtiyor Zokirov (1962.9.8, Toshkent) — kinoaktyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1997). VGIKni tugatgan (1983). 1983-y. dan kinoaktyor studiyasida ishlaydi. Eng yaxshi rollari: Ibn Sino («Dahoning yoshligi»), Hidoyat-xon («Maysaraning ishi»), Husayn («Amir Temur»), Xirurg («Kasalxona»), Boʻriboy («Armon») va b. «Ilhom» teatr-studiyasida ham rollar ijro etgan: Iokanan («Salomeya»), Demon («Toybe-le va uning Demoni»), Oxun («Oppoq, oppoq qora laylak») kabilar shular jumlasidan.
Toʻxtasin Gʻafurbekov, Mohina Ashirova.