FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI

FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI — Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va b.) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari «Nasrullo I—V», «Munojot 1—V», «Ajam va taronalari», «Miskin I—V», «Segoh I — III», «Sayqal I— II», «Mirzadavlat I—II», «Choʻli Iroq», «Chorgoh», «Surnay Iroqi», «Surnay Dugohi» «Surnay Ushshogʻi» kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli («Segoh, «Toshkent» irogʻi» kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli «Chorgoh», «Bayot», «Bayoti Sheroziy», «Gulyor—Shahnoz» va yetti qismli «Dugoh — Husayn» ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va b.) namunalari asosida oʻqiladi.

Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, «Miskin I», «Miskin II», «Bayot I»). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, «Miskin» cholgu turkumining III kismi «Adoiy», IV qismi «Asiriy», «Nasrullo»ning II qismi «Chavandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi «Tarona», V qismi «Ufar» deb nomlanadi. Shuningdek, Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan «Mashq» atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, «Mashqi Chorgoh», «Mashqi Dugoh—Husayn» va h. k.).

Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. larining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. «Yoʻllari» atamasi ham shunga ishora etadi. Zero «maqom» atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida «yoʻl» maʼnosidagi «roh», «tariqa», «ravashin» kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda F, — T. m. y. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir.

Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ijrochilari mazkur anʼanani odatda mashhur ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A. Yusupov (surnay), Shobarot tanburchi, A. Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K. Jabborov (gʻijjak, dutor), S. Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), Gʻ. Toshmatov (gʻijjak), T. Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — Sh. Shoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. anʼanalarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan.

Oqilxon Ibrohimov.


Lotin alifbosida maqola: FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
SHASHMAQOM
ANDIJON VILOYATI
IROQ
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты