FENOLLAR

FENOLLAR — gidroksil guruxlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bogʻlangan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab Fenollar 1 atomli, 2 atomli va kup atomli boʻladi. 1 atomli fenollar gomologik qatorining 1vakili — oksibenzol S6N5 ON odatda fenol xam deyiladi. Toluolning oksi hosilasi (metilfenollar) o, m va lkrezollar, ksilollarning oksi xreilalari esa ksilollar deyiladi. Naftalin qatorining fenollari naftollar deb ataladi. Oddiy 2 atomli Fenollar odioksibenzol — pirokatexin, m dioksibenzol — rezorsin va ldioksibenzol — gidroxinon deb nomlanadi. Koʻp atomli Fenollar pirogallol, floroglyutsin deyiladi.

Koʻpchilik Fenollar rangeiz kristallar, ayrimlari suyuq moddalar. Baʼzi Fenollar oʻziga xos oʻtkir hidli. Oddiy Fenollar suvda bir oz, deyarli barcha Fenollar spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Fenollarning spirtlardan farqi shuki, ular kuchsiz kislotalar; ishqorlar b-n osongina reaksiyaga kirishib tuzeimon moddalar — fenolyatlar (mas, C6H,ONa) hosil qiladi.

Koʻpgina Fenollar oson oksidlanadi. Fenollarni sintezlashda tegishli galogen hosilalari gidrolizidan (mis tuzlari ishtirokida) foydalaniladi. Fenollar arildiazoniya tuzlari eritmasini qizdirib va b. usullarda ham olinadi. Toshkoʻmir smolasi va qoʻngʻir koʻmirning birlamchi dyogoti (chirki) Fenollar qatorlarining muhim manbai hisoblanadi.

Baʼzi Fenollar antiseptiklar, antioksidlovchi sifatida qoʻllanadi. Fenollar fenolformaldegid smolalar, poliamidlar va b. polimerlar olishda koʻplab ishlatiladi. Fenollar asosida buyagichlar, dori va parfyumeriya preparatlari, pestitsidlar, plastifikatorlar, sirt faol moddalar va b. sintez qilinadi. Fenollar zaharli.


Lotin alifbosida maqola: FENOLLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SPIRTLAR
UGLEROD
KISLOTA VA ASOSLAR
ORGANIK KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты