ZUNNUN QODIRIY

ZUNNUN QODIRIY (1912.17.6 – Shinjon — 1989.22.9) — uygʻur yozuvchisi, dramaturg, yangi davr uygʻur adabiyoti asoschisi. «Jaholatning jafosi» (1937), «Gʻuncham» (1939), «Kuchukka hujum» (1946), «Ikki barmogim» (1947), «Mador ketganda» (1948), «Shafqat hamshirasi» (1948) kabi hikoyalarida Gomindon davridagi uygʻur xa-lqining achinarli hayoti ifodalangan boʻlsa, «Chiniqish» (1956), «Gumon» (1957), «Rahmat» (1958), «Baxtixonning hayoti» (1960), «Qizil gul» (1962) kabi hikoyalarida Gomindon zulmidan qutulgandan keyingi hayot tasvirlanadi. «Jaholatning jafosi» (1937), «Uch-rashganda» (1942), «Gulniso» (1946), «Toʻy» (1956) kabi dramalari, «Koʻshchi b-n sichqon», «Bulbul bilan sinchalak», «Kapalak bilan ari» kabi masallarida ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar, yoshlarning yangilik sari intilishlari aks etgan.

Asarlari xitoy, rus, ingliz, nemis, yapon, fransuz tillariga tarjima qilingan. 3. Q. Osiyo va Afrika yozuvchilari Toshkent konferensiyasi (1958) qatnashchisi.


Lotin alifbosida maqola: ZUNNUN QODIRIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
XITOY
FRANSIYA
TOSHKENT
ABDULLA QODIRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты