ZUNNUNOVA

ZUNNUNOVA Saida (1926.15.2, Andijon — 1977.20.3, Toshkent) — shoira. Yozuvchi Sayd Ahmadnchng rafiqasi. Andijon oʻqituvchilar in-tini (1943) va Oʻrta Osiyo un-tining filol. f-tini (1947—52) tugatgan. «Gulxan» jur. (1953—56), «Oʻzbekiston madaniyati» gaz. da adabiy xodim (1956—57), Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1957 — 58) hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1962—67) boʻlib ishlagan. 3. ning ilk sheʼri 1945-y. Andijon viloyati «Paxta fronti» gaz. da bosilgan. «Qizingiz yezdi» nomli ilk sheʼrlar toʻplami esa talabalik yillari (1948) nashr etilib, sheʼriyat muxlislari eʼtiborini qozondi. Shundan keyin uning «Yangi sheʼrlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon» (1962), «Sheʼrlar» (1964), «Bir yil uylari» (1967), «Nilufar» (1972) sheʼriy toʻplamlari eʼlon kilindi. Shoira goʻzal lirik sheʼrlar bilan bir vaqtda «Sodiq va Anor»(1947), «Xay-rixon» (1949), «Surat bilan suhbat» (1966), «Qoʻshnilarim» (1968) singari dostonlar ham yaratdi. 3. bu sheʼriy asarlarida inson ruhiy hayotining nozik qirralari va tebranishlari, tuygʻu va kechinmalarning murakkab harakati, dardu hasrat va orzu-armonlarning kamalak ranglarini mahorat bilan ifodalay oluvchi shoira sifatida shakllanganini namoyish etdi. Bu hol uning, ayniqsa, «Surat bilan suhbat» dostonida yorqin koʻrindi.

3. oʻzbek xotin-qizlari hayotini oʻrganish, ular turmushidagi mashaqqatli jihatlar va murakkabliklarga jamo-atchilik eʼtiborini jalb etish niya-tida oila va muhabbat mavzuida bir qancha hikoya va qissalar yozdi. Uning «Gulbahor» (1956), «Povest va hikoyalar» (1957), «Gulxan» (1959), «Doʻstlik» (1960), «Qanot» (1961), «Olov» (1962), «Koʻchalar charogʻon» (1965), «Boʻylaringdan oʻrgilay» (1972) singari nasriy kitoblarida xotin-qizlar hayoti haqqoniy badiiy tajassumini topdi. Ayniqsa, «Yangi direktor», «Olov», «Odamlar orasida» qissalarida 3. eskilik sarqitlarini fosh etish niqo-bi ostida sovet jamiyatidagi illatlarni keskin fosh etdi. 3. ning «Ona» (1966) va «Koʻzlar» (1968) nomli pye-salari ham bor. Toshkentdagi koʻchalardan biri va 224-sonli maktabga, shuningdek, Andijon shahridagi koʻcha va maktablardan biriga hamda Boʻz tumanidagi akademik litseyga 3. nomi berilgan.

Ac: Tanlangan asarlar [3 jildli], T., 1976.

Ad.: Hasanova H., Saida Zunnunova, T., 1975; Sayd Ahmad, Yoʻqotganlarim va topganlarim, T., 1998.

Naim Karimov.


Lotin alifbosida maqola: ZUNNUNOVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты