ZUFAROV

ZUFAROV Usmon, Usta Usmon (1892 — Toshkent — 1981.7.8) — sharq musiqa asboblari ustasi, oʻymakor naq-qosh. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1942). 1906—12 y. larda usta Toshdan hunar oʻrgangan. 1912-y. dan mustaqil usta. 1927-y. dan Oʻzbekiston radio qoʻmitasida, 1929-y. dan Toshkent hunarmandlik uyushmasi qoshida-gi artelda, Sanʼatshunoslik in-ti milliy musiqa asboblarini mukammallashtirish tajriba lab. da (1934 — 36 va 1943—46), Oʻzbek davlat filar-moniyasida (1936— 43) ishlagan. 3. oʻzbek cholgʻu asboblarini yasash, takomillash-tirish va bezashda oʻziga xos uslub yaratgan. U yasagan va bezagan milliy cholgʻu asboblari (tanbur, dutor, sato va b.) maxsus koʻrgazmalarda namoyish etilgan (1937, 1959). 60-y. lardan 3 boʻlakli (yigʻma) tanbur, dutor va satolari keng tarqalgan, shuningdek, ud, skripka, qozoq va qirgʻiz qoʻbizi (qil qoʻbiz), qozoq doʻmbirasi, afgʻon rubobi, ispan banjosi va b. ni xam yasagan hamda qadama naqshlar bilan bezagan. Ijodidan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. 3. ijodi haqida «Kuylovchi yogʻoch» telefilmi yaratilgan (1978). Toshkentdagi 3. yashagan kuchaga uning nomi berilgan.


Lotin alifbosida maqola: ZUFAROV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
QIRGʻIZISTON
QOZOGʻISTON
ISPANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты