FIBRIN

FIBRIN (lot. fi bra — tola) — erimaydigan oqsil; qon ivishi jarayonida fibrinogensan hosil boʻladi. Fibrin silliq yoki koʻndalang chiziqli tolalar shaklida boʻladi; F. tolalari polimerlanib, qon oqishini toʻxtatadigan tromb asosini hosil qiladi. Fibrin hosil boʻlishi 3 bosqichdan iborat:

1) fibrinogendan trombin taʼsirida ikkita A va B peptidi ajralib, disulfid bogʻlari bilan bogʻlangan ikkita subbirlikdan iborat fibrinmonomer hosil boʻladi;

2) fibrinmonomer fibrinagregatga (quyqaga) aylanadi;

3) fibrinagregat fibrinoligaza fermenti taʼsirida fibrinpolimerga aylanadi. Qon tomirlar shikastlanganda Fibrin qalin toʻr hosil qilib, qonni toʻxtatadi. Tozalanib quritilgan qon quyqasidan Fibrin olinadi. Fibrindan qon oqishini toʻxtatuvchi vositalar tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: FIBRIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TROMB
QON TOʻXTATUVCHI DORILAR
YURAK
YER
QON IVISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты