FILCHALAR

FILCHALAR (Curculionidae) — qoʻngʻizlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Boshining oldingi qismi naysimon choʻziq boʻlib, xartumni eslatadi. «Xartum»i uchida kemiruvchi ogʻiz organlari va moʻylovlar boʻladi. Kurtlari S shaklida, oqish rangli va oyoqsiz, tuprokda va oʻsimlik toʻqimalarida rivojlanadi. 45000 dan ziyod turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1000 ga yaqin turi uchraydi. Filchalarning shakli va rangi har xil. Uz. 3—60 mm. Oʻsimlikxoʻr. Ayrim turlari q. x. ekinlariga va omborlarda saqlanadigan oziq mahsulotlariga ziyon yetkazadi. Fitonomuslar, ombor uzuntumshugʻi (mita), sholi filchasi ayniqsa keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: FILCHALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OMBOR ZARARKUNANDALARI
OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
YER
UZUNTUMSHUQ QOʻNGʻIZLAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты