FIRDAVSIY Abulqosim Tusiy

FIRDAVSIY Abulqosim Tusiy (taxm. 934 — Tuye sh. — 1030) — forstojik shoiri va mutafakkiri. Tuye va Nishopur sh. laridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur oʻrgangan. Oʻz davrining qomusiy olimi boʻlib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulugʻlashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. Firdavsiy yoshligidanoq sheʼrlar mashq qila boshlagan. Bu haqda maʼlumotlar boʻlsada, sheʼrlarining oʻzi yetib kelmagan. Uning «Yusuf va Zulayho» nomli doston yozganligi xam haligacha munozarali. Firdavsiy otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Baʼzi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida boʻlgani ham aytiladi. Firdavsiyning yoshlik yillari somoniylar davlatining gullabyashnagan davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Eron va Turon xalklarining nafakat ijtimoiysiyosiy, balki madaniymaʼnaviy hayotida ham bir koʻtarilish boʻlgan. Oʻzining kimligini anglash va uni boshqalarga ham koʻrsatish maqsadida ular Eron va Turonning shonli tarixini tiklashga intiladilar. Shu maqsadda qad. afsona va rivoyatlar, buyuk shoxlar va bahodirlar tarixi toʻplanadi va yoziladi. Bu boradagi intilishlarni somoniy hukmdorlar qoʻllabquvvatlab turganlar va toʻplangan ulkan materialni sheʼrga solishni Abu Mansur Daqiqiytn soʻraganlar. Lekin shoir endigina ming bayt ijod kilganda, fojiali ravishda oʻddirilgach, Buxoro amiri Nuh ibn Mansur Somoniy Firdavsiyni huzuriga chorlab, unga chala qolgan «Shohnoma»ni nihoyasiga yetkazishni buyuradi. Bundan maqsad shonli tarixi va buyuk shaʼnshavkatiga koʻra forsiy xalklarning arablardan kam emasligi, balki ustunligini koʻrsatish va ularga qarshi kurashda foydalanish edi. Vatanga va uning buyuk tarixiga muhabbat ruhida tarbiyalangan, bolalikdan qad. afsona va rivoyatlar, qaxramonlik qissalari, jangnomalarni jon qulogʻi bilan tinglab ulgʻaygan Firdavsiyning oʻzi ham xalq ichida yurib, ularni yozib olgan, koʻplab ogʻzaki va yozma materiallar toʻplagan.

Eron va Turon xalklarining qariyb 4 ming yillik tarixi yuksak mahorat b-n qalamga olingan «Shohnoma» ustida Firdavsiy 30 y. dan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga boʻladilar: 1boʻlimda eng qad. afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan boʻlsa, 2boʻlimda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiiy talqin qilinadi. 3boʻlimda tarixiy shoxlar hayoti tasvirlangan. «Shohnoma» eng qad. davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlanadi. «Shohnoma» hajmi (60 ming baytni oʻz ichiga oladi), mavzu koʻlami, obrazlar olami, qahramonlarning koʻp va xilma-xilligi, gʻoyaviy motivlari va koʻtarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bu asarda mingdan ziyod kattakichik personajlar ishtirok etadi.

«Shohnoma» garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixi ni tadrijiy ravishda yoritgan boʻlsada, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. Asarda Vatan va xalq yoʻlida jonini tikkan yuzlab fidoyi qahramonlar obrazi yaratilgan. Podshohlar bahonasida xalq, uning tarixi, qadriyatlari, qahramonliklari ulugʻlangan. Ayni jihatdan «Shohnoma» — xalq zakovati va jasoratiga qoʻyilgan oʻziga xos nazmiy haykal.

«Shohnoma»ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, millat farzandlarini vasf etish va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. «Shohnoma»dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Sudoba», «Bijan va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. «Isfandiyor», «Shogʻod», «Oʻn ikki muhoraba» dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. «Siyovush» dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.

«Shohnoma» chinakam xalq kitobiga aylanib, xalq orasida keng tarkalgandan soʻng muayyan oʻzgarishlarga ham uchragan. Shuning uchun temuriy shahzodalardan Boysunqur Mirzo uning 40 dan ortiq nusxalarini oʻzaro qiyoslab, mukammal matnini tuzdirgan. Fanda «Shohnoma»ning Boysunqur nusxasi sifatida mashhur bu matn asarning ishonchli nusxalaridan biri hisoblanadi. «Shohnoma»ning tanqidiy matnlari ichida eng moʻtabari Ye. E. Bertels va Abdulhusayn Noʻshin taxriri osida SSSR FA Sharqshunoslik in-ti jamoasi tomonidan tayyorlangan 9 jildlikdir.

Shoir jasadi otasidan qolgan bogʻning bir chekkasiga koʻmilgan. 1934-y. da Firdavsiy tavalludining 1000-yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgoqiga aylangan.

Sharq mamlakatlarida shohnomaxonlik bir anʼana tusini olgan. Firdavsiy qahramonlari oʻzbek xalqi orasida ham qadimdan mashhur. «Kitobi Jamshid», «Kitobi podshoh Afrosiyob», «Shoh Tahmurasp» nomli xalq kitoblari, «Rustam va Suhrob», «Doro va Iskandarbek» kabi xalq ertaklarida «Shohnoma» taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi.

«Shohnoma» dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 13a. boshida arab, 15—16-a. larda turk va gurji, 19-a. da esa fransuz, ingliz, nemis, italyan va rus tillariga oʻgirildi. «Shohnoma» oʻzbekchaga Shoh Hijron, Xomushiy (18-a.), Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy (19-a.), Sh. Shomuhamedov, Hamid Gʻulom, Nazarmat, J. Jabborov (20-a.)lar tomonidan tarjima qilingan boʻlsada, bu tarjimalarning birortasi toʻliq emas. «Shohnoma» syujetlari asosida «Zahhoki Moron», «Siyovush», «Rustam va Suhrob», «Faridun» singari sahna asarlari yaratilgan.

Ac: Shohnoma [3 j. li], T., 197577; Shohnoma T., 1984; Faridun [epos], T., 1987; Rustam va Suhrob, T., 1994.

Ad.: Ayniy S, Firdavsiy va uning «Shohnoma»si haqida. — Asarlar, 8j., T., 1967; Shomuhamedov Sh., Shohkitob va uning muallifi, T., 1992; Abdurahmon Jomiy, Bahoriston, T., 1997; Homidiy H., KoʻhnaSharqdargʻalari, T., 1999; Ulugʻzoda S, Firdavsiy [roman], T., 1994.

Ergash Ochilov.


Lotin alifbosida maqola: FIRDAVSIY Abulqosim Tusiy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ERON
TOSHKENT
IBN SINO
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты