FITONSIDLAR

FITONSIDLAR (fito… va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimliklar hosil qiladigan faol modda, boshqa organizmlar (asosan, mikroblar)ni oʻldiradi yoki ularning oʻsish va rivojlanishini toʻxtatadi. Fitonsidlar oʻsimliklar immuniteti va biotsenozlardagi organizmlarning oʻzaro munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibi boʻyicha — glikozidlar, terpenoidlar va b. ikkilamchi metabolitlardan iborat. Daraxtlar (asosan, ignabarglilar)ning Fitonsidlar ishlab chiqarish xususiyati shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ahamiyatga ega. Piyoz, sarimsoq, yerqalampir va b. oʻsimliklar Fitonsidlari qoʻshilgan preparatlar tibbiyotda qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: FITONSIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
PIYOZ
OKEAN
TOSHKENT
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты