FITOPATOLOGIYA

FITOPATOLOGIYA (fito…, pato… va logiya) — oʻsimlik kasalliklari, ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlari haqidagi fan. Umumiy va xususiy Fitopatologiyaga boʻlinadi. Umumiy F . oʻsimlik kasalliklarining paydo boʻlishi sabablarini, kasallikni qoʻzgʻatuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini, rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini, kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni, oʻsimlik karantini va immunitet masalalarini, oʻsimliklarni himoya qilish usul va tadbirlarini; xususiy yoki maxsus Fitopatologiya ekinlar kasalliklarini oʻrganadi va ularga qarshi kurash choralarini tavsiya etadi. Fitopatologiya oʻsimlik anatomiyasi va fiziologiyasi, mikrobiologiya, mikologiya, genetika, seleksiya, oʻsimlikshunoslik, kimyo, fizika va b. fanlar yutuklaridan foydalanadi.

Kasalliklarning oʻsimlikka zarar keltirishi qadimdan maʼlum boʻlgan. 18-a. 2yarmida tajribalar asosida (Rossiyada A. T. Bolotov, Fransiyada A. Timet, Italiyada F. Fontana, Daniyada Ya. Fabritsius) qorakuya, zang, toshkuya va b. kasalliklarning yuqumliligi isbot qilindi, lekin ularni bartaraf etish yoʻllari topilmadi. 19-a. ning 2yarmida nemis olimi A. De Bari, rus mikologi va fitopatologi M. S. Voronin va ularning shogirdlari koʻpchilik oʻsimlik kasalliklarining sababchisi zamburug ekanligini isbotladilar. 19-a. ning oxirida Fitopatologiya zamburugʻlar, virus lar va b. parazitlar keltirib chikaradigan kasalliklarni oʻrganuvchi fan sifatida shakllandi. B u davrga kelib uning asosiy yoʻnalishlari: mikologiya, parazitologiya, ekologiya, immunologiya, kimyoviy toksikologiya, virusologiya, oʻsimliklarning bakterioz va nematoda kasalliklari haqidagi taʼlimoti shakllandi.

Tadqiqotchi olimlar qorakuya, zang, oqpalak (vilt) zamburugʻlari turlari, kalmaraz, fitoftoroz va b. kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining patogenezi, epifitoetiologiyasining muhim qonuniyatlarini aniqladilar. Kasallik qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashning samarali kimyoviy, biologik usullarini ishlab chikdilar. Terapevtik taʼsir koʻrsatuvchi moddalar (baʼzi antibiotiklar va sirtdan taʼsir qiladigan fungidsidlar) ustida izlanishlar olib borildi. Seleksionerlar va fitopatologlar zang, oq va kulrang chiriщ, vilt, ildiz chirishi kabi kasalliklarga chidamli bugʻdoy, kungaboqar va tamaki navlarini yaratdilar. Viltga chidamli gʻoʻza navlarini yetishtirish va viltga qarshi kurashning yangi usullari ustida katta ishlar olib borildi.

Oʻsimliklarni kasalliklardan himoya qilish va Fitopatologiyaning yangi masalalarini ishlab chiqishda oʻsimlik immuniteti omillari va qrnuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarni kasallikka chidamliligini aniklash, fitopatologik ekspertiza va oʻsimlik kasalliklari diagnostikasining yangi usullarini ishlab chiqish; zamburugʻ, bakterial, virusli va b. kasalliklar patogenezini oʻrganish; oʻsimlikning kimyoviy immunizatsiyasini oʻrganish (bunda oʻsimliklarning kasalliklarga chidamlilik qobiliyati keyingi 2 — 4 avlodga oʻtadi); oʻsimliklarni himoya qilishning texnikaviy vositalari, katta hajmdagi himoya ishlarini rejalashtirish uchun zarur boʻlgan koʻp yillik maʼlumotlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish va b. katga yordam beradi. Fitopatologiyada turli tadqiqot usullari, jumladan, mikologik virusologiya va bakteriologik tadqiqotlar, anatomiya, biokimyo va oʻsimliklar fiziologiyasi, kimyo va biofizika, biotexnologiya, umumiy agronomiya, meteorologiya va iklimshunoslik, variatsion statistika usullari qoʻllanadi.

20-a. boshlarida gʻoʻza kasalliklarini oʻrganishni Oʻrta Osiyoda, xususan, Uzbekistonda birinchi boʻlib prof. N. G. Zaprometov boshlab berdi. Olimlardan A. I. Solovyev, N. S. Mirpoʻlatova, S. S. Ramazonova, A. H. Hakimov, M. X. Komilova, A. A. Vasilyev, M. A. Karimov, A. Marupov, R. Teshabayeva, D. Haydarov, I. M. Kiganova, H. Tillayev va b. gʻoʻza kasalliklarini oʻrganishga katta hissa qoʻshdilar. U. U. Rasulev, S. Nigmanova gʻoʻzaning fuzarioz va ildiz chirish kasalliklari, V. I. Serbinov sabzavot ekinlari, E. A. Xolmurodov meva va sabzavotlarni saklashdagi kasalliklari, O. S. Zubriskaya lub ekinlari, X. Qodirov, X. Hoshimov tok kasalliklari, M. Joʻrayev yongoqdaraxti kasalliklari, I. M. Azimjonov, A. Sheraliyev, M. A. Zuparov tut kasalliklariga qarshi kurash choratadbirlarini ishlab chikdilar. Hoz. bu tadbirlar keng qoʻllanilmoqda.

Uzbekistonda Fitopatologiya muammolari bilan Oʻzbekiston oʻsimliklarni ximoya kilish i. t. inti, Genetika va oʻsimliklar eksggerimental biologiyasi i. t. inti, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugchiligi i. t. inti, oliy oʻkuv yurtlarining ixtisoslashgan Fitopatologiya kafedra va tajriba styalari va b. muassasalar shugʻullanadi.

Sayyora Murodova, Mirakbar Zufarov.


Lotin alifbosida maqola: FITOPATOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
TIBBIYOT
BIOLOGIYA
FIZIKA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты