GAZ

GAZ — 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan. Gaz 3 xil usulda aniqlangan: 1-usulda uzatilgan qoʻlning barmoqlar uchidan yelkagacha boʻlgan masofa (70-75 sm) (birinchisi); koʻkrakning oʻrtasigacha boʻlgan masofa (80-G-90 sm) (ikkinchisi); to ikkinchi yelkagacha boʻlgan masofa (105-5-110 sm) (uchinchisi). 2-usulda Gazning oʻlchami 1 barmoq=6 arpa doni (1 arpa doni 6 ishchi ot yoliga teng) orqali aniqlanadi. Oʻzbekiston hududida 1G. =24 barmoq boʻlgan; agar 1 barmoq 2,18+2,28 sm boʻlsa, 1G. taxm. 52,32-^54,72 sm boʻlgan. 3-usul boʻyicha Gazning oʻlchami mushtum (tutam) orqali aniklanadi. Bunda 1 mushtum 4 barmoqqa tengligidan, shuningdek bosh barmoqning koʻtarilgan holatdagi uzunligi 3 barmoqqa tengligidan yangi uzunlik oʻlchov birligi — «mushtum koʻtarilgan bosh barmoq b-n» paydo boʻladi va u miqdor jihatidan 7 barmoq qiymatiga teng hisoblanadi. Shulardan 1G. =6 mushtum + 1 mushtum koʻtarilgan bosh barmoq bilan = 6-4 barmoq + 7 barmoq =31 barmoq. Demak, bu usulda 1G. 31 barmoqqa teng ekan. Endi 1 barmoqning oʻrtacha 2,18+2,28 sm ga tengligidan 1 G. ning qiymati aniqlanadi: 1G. = 31 barmoq =31 (2,18+2,28)=b7,58+70,68 sm.

Qayerda va nima uchun ishlatilishiga qarab Gazning qiymati har xil boʻlgan: Xorazmda Gaz ikki xil oʻlchovga ega boʻlgan: yer oʻlchash uchun, mato oʻlchash uchun, yaʼni 1 yer Gaz i=49 barmoq, 1 mato Gaz i=28 barmoq; 1 barmoq Xorazmda 2,078 sm ekanligi hisobga olinsa, 1 yer Gaz i=101,882 sm; 1 mato Gaz i=58,184 sm ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 sm ga teng deb olinsa, unda 1 yer Gaz i=49-2,18=106,82 sm; 1 mato Gaz i=28-2,18=61,04 sm ekanligi kelib chiqadi. Buxoroda ham ikki xil Gaz oʻlchami qoʻllanilgan. Birinchisi — oddiy Gaz 24 barmoqqa teng. Har bir bar-moq (Xorazmdagidek) 2,078 sm ga teng kilib olingan. Shunda 1G. =24 barmoq = 49,875 sm boʻlgan. Ikkinchisi Buxoro qarisining uchdan biriga teng boʻlgan. Buxoro shoh G. i 106,82 sm ga teng. Yana G. ning ikki shoh Gaz iga teng boʻlgan qiymati ham boʻlgan va u xalq orasida katta Gaz deb ham yuritilgan. Buxoroda 1740-y. dan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng boʻlgan Gaz ham qoʻllanilgan. Uning qiymati 1G. =36barmoq = 36-2,18=78,48 sm boʻlgan. Samarkand, Toshkent va Fargʻonada ham Gazning ikki xil qiymati qoʻllanilgan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa 49 barmoqqa teng boʻlgan. 1 barmoq = 2,18 sm ekanligidan birinchisi — 1G. =40 barmoq = 87,2 sm; ikkinchisi — 1G. =49 barmoq=106,82 sm. Gaz amadda ming yillardan beri qoʻllanib kelingan Xoz. kunda ham Gaz xalq orasida, ya-vni muomalada miqdori 0,71 m boʻlgan uzunlik oʻlchovi birligi sifatida qoʻllanilmoqda; 2) azaldan xalq orasida qoʻllanib kelingan, uzunlik jihatidan 0,71 m ga teng boʻlgan arshin yoki olchin kabi uzunlik oʻlchov vositasi — reyka; 3) Oʻzbekistonning baʼzi joylarida Gaz hajm oʻlchov birligi. Mac, G. b-n moy hajmi oʻlchangan, 1G. hajm = 310-=-325 kub sm ga teng boʻlgan, bu esa 0,310+0,325 l ga toʻgʻri keladi; 4) toʻqimachilikda — polotno oʻrishda toʻqilgan yengil shoyi gazlama; harir Gazdan durra, sharflar tikiladi.

Ad.: Ahrorov N., Qadimiy oʻlchov birliklari, T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: GAZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты