GAZ GORELKASI

GAZ GORELKASI — gazni havo (kislorod) bilan aralashtirib, yonuvchi aralashma hosil qiladigan moslama. Qizdirish asboblari, pechlar, gaz plitalari, qozon oʻtxonalari va b. ga oʻrnatib ishlatiladi. Gaz gorelkasi asosiy (doimo ishlab turishga moʻljallangan) va yordamchi xillarga. keng va ingichka alanga hosil kiladigan, aralashmani uyurmali yondiradigan hamda alangasi uzun va toʻgʻri oqib yonadigan xillarga boʻlinadi. Gaz gorelkasi gaz va havo kanallariga boʻlingan korpusdan iborat. Havo va gaz quvurlari Gaz gorelkasiga kalta naycha orqali ulanadi. Berilayotgan gaz bosimiga karab, Gaz gorelkasi past bosim (5kPa gacha), oʻrta bosim (5—300 kPa) va yuqori bosim (300 kPa dan yuqori) gorelkalariga boʻlinadi. Gaz asbobi xiliga qarab, gorelkalar soni har xil boʻladi. Mac, toʻrt kamfarali gaz plitalarida 4 ta Gaz gorelkasi ishlatiladi. Gaz gorelkasi uzun va dumaloq qilib ishlab chiqariladi. Umuman, Gaz gorelkasi diffuzion, injeksion, gaz turbinali, aralash (gazmazutli, chang-gazli) xillarga boʻlinadi. Diffuzion Gaz gorelkasida yoqish kamerasiga gaz va havo keladi. Gaz va havoning aralashuvi yonish kamerasida yuz beradi. U sanoat pechlari va qozonlarida ishlatiladi. Injeksion Gaz gorelkasida havo gaz oqimi energiyasi hisobiga soʻriladi (injeksiyalanadi), havo bilan gazning aralashuvi gorelka korpusi ichida yuz beradi. Bundam gorelkalar issiqxonalarni isitishda, neftni qayta ishlash z-dlari pechlarida, boshqa sanoat pechlarida ishlatiladi. Gaz turbinali Gaz gorelkasida havo gaz turbinasi harakatga keltiradigan ventilyator yordamida beriladi. Uning ish unumdorligi kelayotgan gaz bosimi kattaligi bilan tartibga solib turiladi. Bunday gorelka katta gaz qozonlarida ishlatiladi. Yorugʻlik beruvchi alanga hosil qilish zarur boʻlgan yoki gazning oʻzi bilan zarur t-ra hosil qilib boʻlmaydigan hollarda aralash Gaz gorelkasidan foydalaniladi. Metallarni payvandlash va qirqishda ishlatiladigan Gaz gorelkasi haqida Kislorod bilan kesish maqolasiga q.


Lotin alifbosida maqola: GAZ GORELKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
KISLOROD
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты