GAZLASH

GAZLASH — 1) mineral suvlar, meva sharbatlari, kvas, pivo va shampan vinolarini karbonat angidrid (SO2) gazi bilan toʻyintirish. Gazlash ichimliklarga vishillash xususiyatini beradi, ularning badanga singishini yaxshilaydi, taʼmini yoqimli qiladi. Gazlashning ikki usuli bor: gazni toʻgʻridan-toʻgʻri suyuqlikka berish (maye, meva sharbatlari, mineral suvlar; bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. 1 l ichimlikka 0,3—0,5 mg karbonat kislota qoʻshiladi); ichimliklarni bijgʻish vaqtida ajralib chiqqan gaz hisobiga toʻyintirish (maye, shampan vinosi, pivo, kvas);

2) yoqilgʻilarni Gazlash — kumir, mazut, torf, yogoch, slanes va b. yoqilgʻilardan generator gazi olish. Gaz generatorы yordamida yoqilgʻini yuqori t-rada havo yoki suv bugʻi bilan oksidlab amalga oshiriladi. Agar Gazlash bosim ostida bugʻ-kislorod aralashmasidan foydalanib bajarilsa, tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi. Gazlashda qoʻshimcha mahsulot — generator smolasi ham olinadi.


Lotin alifbosida maqola: GAZLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
KISLOROD
OKEAN
VINO-ARAQ SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты