GAZLI ZILZILASI — Yer kurrasidagi kuchli zilzilalardan biri. Buxoro sh. ning shim. gʻarbida 1976-y. 8 apr. da mahalliy vaqt bilan soat 7 dan 41 min. oʻtganda boʻlgan. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha M—7,0. Epi-sentrda kuchi 8—9 ball boʻlgan. Epitsentr yaqiniga joylashgan Gazli sh. qattiq shikastlangan. 17 may kuni takrorlangan zilzila Gazli sh. ni vayronaga aylantirdi. Zilzila magnitudasi energiyasi M—7,3, kuchi 9 balldan oshdi. Har ikkala tebranishning mar-kazi yer yuzasidan 20 va 25 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila oʻchogʻining uz. 60 km, kengligi 20 km. Ketma-ket boʻlgan tebranishlar kuchi Buxoro, Romitanda 7 ball, Kogon, Zarafshon, Tomdibuloq, Qorakoʻl, Chorjoʻyda 6 ball, Navoiy, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Jizzax hamda Xiva, Beruniy, Urganchda 5 ball, Toshkent, Olmaliq, Angren, Denov, Termizda 4 ball, Nukus, Andijon, Fargʻonada 3 ballga yetdi.
Gazli zilzilasi epitsentri Gazli sh. dan 20 km shim. dagi Qoraqir etaklarida boʻlgan. Bu joyda yer qaʼridan Jan. Tyanshan seysmogen yer yoriqlari zonasi oʻtgan. Zamonaviy tektonik harakatlarning kuchayishi natijasida seysmogen siniq-lar boʻyicha jan.sharkdan shim.-gʻarb tomonga keskin siljishlar Gazli zilzilasiga sabab boʻlgan. Zilziladan keyin tuzilgan seysmik r-nlashtirish xaritasida Gazli atroflarida zilzilaning kuchi 9 balldan ortiq boʻlgan. 1984-y. 20-mart-dagi takror zilzilada 15—20 km chuqurlikdagi seysmogen yoriqlar tektonik harakatlarning faollashishi natijasida yer yuzasigacha chiqhan. Yoriqlardan qum aralash suv otilgan. Epitsentr va uning yon atrofida zilzila shiddatli boʻlganligi tufayli bino va inshootlar vayronaga aylangan. Qoraqir koʻlining tubi koʻtarilib yoriqlarning kengligi 60—70 sm gacha yetgan. Yer yoriqparidan otilib chiqqan suvning issikligi 45°—46° boʻlgan. Boshqa joylarda esa suv keskin kamaygan. Zilzilaning magnitudasi uning oʻchogʻida M—7,2, epitsentrda kuchi 10 ballga yetgan. 1976-y. dagi zilzilalar singari Gazlida 8—9 ball, Buxoroda 7 ball, Navoiyda 6 ball, Samarqandda 5—6 ball, Urganch, Jizzax, Nukusda 5 ball va Toshkentda 4 ballga yetgan. Zilziladan Gazli sh. butunlay vayron boʻlgan. Shuningdek, gaz konlaridagi inshootlar, kompressor st-yalar va b. ishdan chiqqan.
1976-y. dagi zilzila kabi 1984-y. dagi Gazli zilzilasi ham Jan. Tyanshan seysmogen zonasida paydo boʻldi (q. Seysmogen zonalar). Ad.: Gazliyskiye zemletryaseniya 1976 i 1984 gg., T., 1986.
Rashod Ibrohimov.