GALAKTIK TUMANLIKLAR

GALAKTIK TUMANLIKLAR — Galaktika tarkibiga kiradigan gaz, chang yoki gaz-chang bulutlari. Shakliga qarab, diffuz, planetar, oʻta yangi yulduzlarning portlashi qoddiqlari va b. xillarga boʻlinadi. Diffuz tumanliklar Galaktika umumiy gazchang qatlamining bir qismi. Emission, nurlanuvchi (nur qaytaruvchi) va qora (xira) Galaktik tumanliklar farq qilinadi. Emission Galaktik tumanliklar bir yoki bir necha qoʻshni qaynoq yulduzlarning ultrabinafsha nurlanishi (lyuminessensiya) taʼsirida porlab koʻrinadi. Bundam Galaktik tumanliklar t-rasi 800 K, zichligi 10»23—10-21 g/sm3, massasi — birdan bir necha oʻn Quyosh massasi (Ms)ra teng. Nurlanuvchi Galaktik tumanliklarning nurlanishi qaynoqligi pastroq qoʻshni yulduzlarning yorugʻlik sochishi b-n bogʻliq. Qora (xira) Galaktik tumanliklar Somon yoʻli yoki nurlanuvchi Galaktik tumanliklar fonida koʻrinadi. Qora tumanlik bilan nurlanuvchi tumanlik orasidagi farq shuki, qora tumanlik yaqinida yoritilgan yulduzlar boʻlmaydi. Qora tumanlik t-rasi 5—50 K, zichligi 102—104 mol/sm3, massasi — 103 — 104 Mv. Baʼzan bu uch tur tumanliklar birgalikda uchraydi. Planetar Galaktik tumanliklar halqasimon yoki amorf tumanlik boʻlib, markazida oʻzak (t-rasi 50—100 ming K boʻlgan yulduz) joylashgan. Ana shu oʻzak tumanlikning lyuminessent nurlanishiga sabab boʻladi. Ularning t-rasi 10—20 ming K, zichligi har sm3 da mingdan oʻnlarcha ming atomgacha, massasi 0,1 Me chamasida. Bu tumanliklar va ularning oʻzaklari kizil gigantlarning evolyutsiyasi jarayenida hosil boʻladi. Oʻta yangi yulduzlarning portlashi qoldiqpari ingichka tolasimon emission tumanliklar boʻlib, oʻta yangi yulduzning portlashi natijasida vujudga keladi. Bu tumanliklar sinxrotron radionurlanish va issiqlik spektrli mayin rentgen nurlanish manbai hisoblanadi. Tumanlik ichida baʼzan pulsar, yaʼni portlagan yulduz qoldigʻi kuzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: GALAKTIK TUMANLIKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YULDUZLAR
YER
QUYOSH
GALAKTIKA
YORUGʻLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты