GALAKTIKA

GALAKTIKA (yun. Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 mlrd. dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Galaktikada yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxm. 30 ming parsek (pk); 1 pk=206264,8 astronomik birlik (a. b.)=3,2615 yorugʻlik yili (yo. y.)=30,8561015 m; umumiy massasi taxm. 2-1041 kg (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10»21 kg/m3. G. ning oʻzbek tilidagi nomi Somon yoʻli, chunki qadimdan yulduzlar maʼlum bir tekislikka (G. ek-vatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan boʻlib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan toʻkilib borgan somondan hosil boʻlgan yoʻlga, yunonlar esa yerga toʻkilgan sutga oʻxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel 18-a. da Galaktikani izchil oʻrgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi koʻp olimlar oʻrganishdi va Galaktikaning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Oʻzbekistonda Galaktikaga doir masalalar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida va Oʻzbekiston Milliy unti astronomiya kafedrasida oʻrganiladi.

Galaktika massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoʻli markazi Galaktika oʻzagida boʻlib, Galaktika uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. Galaktika aylanish oʻqi Somon yoʻli tekisligiga perpendikulyar boʻlib, uning shim. qugbi Veronika sochlari yulduz turkumi yoʻnalishida, jan. qutbi esa Hay-kaltarosh yulduz turkumida joylashgan. Galaktika oʻzagidan Quyoshgacha boʻlgan masofa 32,6 ming yo. y. =30,85610»m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yoʻli markazi atrofida 250 km/ sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta toʻla aylanib chikddi. Quyosh sistemasi Galaktikaning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22-1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa Galaktika miz oʻrtacha qalinligidan taxm. 150-marta kichik.

Galaktikaning optik diapazonda koʻrinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u choʻzinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boʻyicha joylashgan asosiy massa Somon yoʻlini tashkil qiladi. Galaktika tuzilishiga doyr tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. Galaktika mizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. Galaktika tarkibi, massasi va b. parametrlari boʻyicha u turlicha alohida komponentlar — oʻzak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2-marta kichik. Yulduzlarning fizik xarakteristikalari nuqtayi nazaridan va tarkibi jihatidan esa Galaktika asosan ikkita tashkil etuvchi toʻplamlarga boʻlinadi. I tur yulduz toʻplamiga eng yosh, qaynoq yudduzlar, oʻta gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va oʻta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon toʻdalari kiradi. Bu toʻplam obyektlari faqat Somon yoʻlida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida . joylashib, Galaktikaning boshqa joylarida, xususan, oʻzak yoki galo kismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obyektlari ham deyiladi. I tur toʻplamidagi yudduzlar Somon yoʻli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning Galaktika spiral galaktika-lar sinfiga kiradi. II tur yulduz toʻplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon toʻdalari kiradi. Ular, asosan, Galaktikaning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toʻplamdagi yulduzlarning Galaktika simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toʻplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi Galaktika miz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. II tur obyektlari bor yerda I tur toʻplamidan birorta obyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida koʻrinmaydi. Ushbu dalil G. miz sferik shakldagi gazeimon ulkan bulutning gravitatsion sikilishi natijasida paydo boʻlganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini koʻrsatadi.

Galaktika markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koʻproq changdan iborat qalin qatlam bilan oʻralgan. Galaktika markazining yorqinligi 1042 erg/s. Oʻzak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektral sinflarning mitti yudduzlaridan iborat. Galaktika miz oʻzagi va Somon yoʻli qismi bir qarashda tinch, sokin boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joʻshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toʻqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oʻralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: GALAKTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
YULDUZLAR
QUYOSH
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты