FOND BOZORI

FOND BOZORI, qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining kimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning oldisotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, yaʼni kengaytirilgan takror i. ch. ga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablagʻlarini toʻplash hamda taqsimlash; qimmatli qogʻozlar paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini oʻzgartirish; qimmatli qogʻozlar oldisotdisi yoʻli bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qogʻozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va b.

Fond bozori qatnashchilari kapital «isteʼmolchilari» (emitentlar) va uni «takdim etuvchilar» (investorlar)dir. «Isteʼmolchilar» davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qogʻozlar b-n ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sugʻurta jamiyatlari, pensiya fondlari va b.) va yakka (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha katta boʻlmagan korxona egalari) guruxlarga boʻlinadi.

Fond bozori ishlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda oʻz kapitali bilan qatnashuvchi vositachilar), boshqaruvchilar (ishonib topshirilgan qimmatli qogʻozlarni idora qiladigan shaxslar), kliringlar (oʻzaro majburiyatlarni aniqlash bilan shugullanuvchi tashkilotlar), depozitariylar (qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi); reyestr yurituvchilar (qimmat qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishini bajaradi); savdo-sotiqni tashkil etuvchilar (qimmatli qogozlar bilan bitam tuzishga yordam berish xizmagini bajaradi); jobberlar (qimmatli qogʻozlar bozori konyunkturasi boʻyicha mutaxassislar) orqali amalga oshiriladi. Ular bilan birga qimmatli qogʻozlar bozoriga bank xizmatchilari, investitsiya fondlari xodimlari, shuningdek, moliyaviy bozor uchun zarur boʻlgan qonunchilik va nazoratni taʼminlovchi davlat xizmatchilari va yuristlar xizmat koʻrsatadi. Fond bozori infratuzilmasini fond birjasi, roʻyxat (reyestr)ga oluvchi muassasalar, depozitariylar tizimi tashkil etadi.

Fond bozori qimmatli qogʻozlarning kelib tushish vaqti va usuliga qarab birlamchi va ikkilamchi bozorlarga ajratiladi. Birlamchi bozor — F. b. ning asosi hisoblanadi. Unda birinchi marta chiqarilayotgan qimmatli qogʻozlar joylashtiriladi. Birlamchi bozorning asosiy qatnashchilari qimmatli qogʻoz emitentlari va investorlardir. Investitsiya qilish uchun asosiy va aylanma moliyaviy kapital zaxiralariga muhtoj boʻlgan emitentlar Fond bozorida qimmatli qogʻozlar taklifini belgilaydi. Oʻz kapitalini qoʻllash uchun foydali soha izlovchi investorlar qimmatli qogʻozlarga talabni shakllantiradi. Birlamchi bozorda vaqtincha erkin pul mablagʻlarini jalb etish amalga oshiriladi. Lekin birlamchi bozor jamgʻarmani faqat milliy iqtisodiyot koʻlamidagina kengaytirish b-n chegaralanmaydi. Unda erkin pul mablagʻlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha taqsimlanishi ham sodir boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida qimmatli qogʻozlar keltiradigan daromad taqsimlanish mezoni boʻlib xizmat qiladi. Bu holat esa erkin pul mablagʻlari eng koʻp daromadni taʼminlovchi korxonalarga, xoʻjaliklar, tarmoklar va sohalarga yoʻnaltiradi, degan maʼnoni bildiradi. Birlamchi bozor yangi chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning emitentlar tomonidan joylashtirilishini nazarda tutadi. Shu bilan birga korporatsiyalar, hokimiyatlar, oʻzoʻzini idora qiluvchi mahalliy organlar emitentlar boʻlishlari mumkin. Bunday emitentlar guruxlarining bozordagi ahamiyati mamlakatdagi iktisodiyot holati va uning umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi. Koʻpchilik mamlakatlarning davlat byudjetidagi doimiy taqchillik qimmatli qogʻozlar bozorida davlatning muhim rol oʻynashini taʼminlaydi. Yakka va institutsional investorlar ham qimmatli qogʻozlar xaridorlari boʻlishi mumkin. Bular tijorat banklari, pensiya fondlari, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya fondlari, oʻzaro yordam fondlari va h. k.

Qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozori — birlamchi bozorning zaruriy qoʻshimchasi. Unda qimmatli qogʻozlarning olibsotarlik shaklidagi aylanmasi sodir boʻladi. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarning shakliga qarab ularni uyushtirilgan (birjali) va uyushtirilmagan (birjadan tashqaridagi yoki «koʻcha») bozorlariga ajratish mumkin. Uyushtirilgan bozorni fond birjalari tashkil qiladi. Qimmatli qogʻozlar b-n qilinadigan boshqa barcha bitimlar uyushtirilmagan bozorda amalga oshadi. Birjadan tashqari aylanmadagi savdoni mutaxassislar — brokerlar va dilerlik kompaniyalari olib boradi. Birjadan tashqari aylanmada savdo jarayonlarini bajaradigan yagona markaz yoʻkligi tufayli oldisotdi bitimlari telefon va kompyuter tarmoklari orqali bajariladi. Narxnavolar birjadan tashqari aylanmani tartibga soluvchi qoida asosida kelishib belgilanadi.

Fond bozori moliyakredit tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat boshqaruvi obyekti hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi investorlar manfaatini emitentlar va vositachilar tomonidan qilinadigan noqonuniy hattiharakatlardan himoya qilishdir. Shu maqsadlarda qimmatli qogʻozlar emissiyasi, ularning muomalada boʻlishi hamda qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari faoliyatini tartibga soluvchi, shuningdek, mamlakatda amalda boʻlgan tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqiladi, maxsus maʼmuriy idoralar tuziladi.

Oʻzbekistonda investitsiya jarayonlarini boshqarish va boʻsh turgan pul mablagʻlarni iqtisodiyotga jalb qilishning samarali vositasi boʻlgan Fond bozorining shakllanishi 90-y. lar boshlariga toʻgri keladi. 1993-y. 2 sent. da bu bozor faoliyatining huquqiy bazasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining «Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida» qonuni qabul qilindi.

Qisqa muddatlarda Fond bozori infratuzilmasining asosiy muassasalari — 1994-y. da «Toshkent» respublika fond birjasi oʻz faoliyatini boshladi. Respublika Prezidentining 1996-y. 26-martdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish toʻgʻrisida» Farmoniga koʻra, respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadigan Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiklashtirish va nazorat qilish markazi tuzildi. 1999-y. da naqdsiz chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni saqlash, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalaridagi davlat hissasi (huquqi) hisobini yuritadigan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va 30 dan ortiq ikkinchi bosqich depozitariylarini oʻz ichiga olgan ikki pogʻonali depozitariylar tizimi tashkil topdi. Respublika Fond bozorida brokerlar, dilerlar, boshqaruvchi kompaniyalar, investitsiya fondlari, investitsiya maslahatchilari, reyestr yurituvchilar va investitsiya kompaniyalaridan iborat 300 dan ortiq professional qatnashchilar faoliyat yuritadi (2004). Ulardan «Elsis kliring» hisobkitob palatasi (1998) respublikada birlamchi (uyushgan) Fond bozori ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni samarali amalga oshirishga koʻmaklashadi. «Vaqt» milliy depozitariysi (1994) Fond bozorining yirik instituti boʻlib, qimmatli qogʻozlarni saklash va ularga boʻlgan huquklar hisobini olib boradi. «Davinkom» («Davlat investitsiya kompaniyasi», 1999) xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini investorlarga sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining vakolatli vakili hisoblanadi. 2000-y. da respublikada investitsiya muassasalarining milliy uyushmasi tashkil etilgan. Uning tarkibida 45 dan ortiq investitsiya muassasasi bor (2004).

Rasulbek Saidov, Murod Yunusmatov.


Lotin alifbosida maqola: FOND BOZORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SUGʻURTA XIZMATLARI BOZORI
BANKLAR
TOSHKENT
XUSUSIY MULK
SUGʻURTA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты