FORISH TUMANI

FORISH TUMANI — Jizzax viloyamuaani tuman. 1935-y. 9 fev. da tashkil etilgan. 1962-y. da Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1964-y. da qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarkand, 1964-y. Sirdaryo, 1974-y. Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shim. va shim. sharqdan Qozogʻiston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari, jan. dan Gʻallaorol tumani, gʻarbdan Samarkand, Navoiy viloyatlarining Qoʻshrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 9,53 ming km2. Axoliyey 74,8 ming kishi (2004).

Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha tuman nomiga oʻtgan Forish qishlogʻining nomi Amir Temur Samarkand atrofida qurdirmoqchi boʻlgan «Parij» sh. nomidan olingan. Keyinroq mahalliy xalq shevasida bu atama Farij, Farish, Forish deb oʻzgarib borgan degan, taxmin mavjud.

Tumanda 2 shaharcha (Uchquloch, Yangiqishloq), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Arnasoy, Garasha, Gulzor, Darvoza, Omongeldi, Osmonsoy, Uxum, Forish, Egizbuloq, ^zilkum, Qoraabdal) bor. Markazi — Yangiqishloq shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. gʻarbiy qismida joylashgan. Relyefi payettekislik, qir, adir va Nurota, Pistali togʻlaridan iborat. Nurota tizmasi shim. sharqdan (230—250 m) jan. gʻarbga (1400—2000 m) koʻtarila boradi. Eng baland joyi 2169 m (Zargar togʻidagi Hayotboshi choʻqqisi). Jan. gʻarbda Nurota togʻlari va Qoʻytosh, Baliqlitov, Pistalitogʻ, Yetimtogʻ tizmalari joylashgan. Tumanda Arnasoy, Tuzkon, Baliqli, Pistali koʻllari va Aydar botigʻi bor.

Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha t-ra 14,5°, yanv. ning oʻrtacha trasi —1,5°, eng past t-ra —32°, iyulning oʻrtacha trasi 29,5°, eng yuqori t-ra 46°. Yiliga oʻrtacha 340 — 360 mm (shim. sharqida 240—260 mm, jan. gʻarbida 459—480 mm) yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 216—218 kun. Adirlar kumtosh, qum, mergel, lyosslardan tashkil topgan, ayrim joylar chagʻir toshlar bilan qoplangan. Soylik, jar, yezda qurib qoladigan soy koʻp. Bahorgi yogʻingarchilik paytida soylarda suv toʻlib oqadi.

Adirlarning tuprogʻi gipsli boʻz, oʻtloqi boʻz, qumoq, qumloqlar, shoʻrxok va shoʻrlangan tuproqlar tarqalgan. Nurota togʻlaridan oqib keladigan Ustixonsoy, Osmonsoy, Bolamansoy, Uxumsoy, Hayotsoy, Oqtoshsoy, Kattasoy, Chorvoqsoy va b. lardan togʻ etaklaridagi lyossli qiya tekisliklarni sugʻorishda foydalaniladi.

Tumanda yer osti suvlari ancha yuza joylashgan (shim. sharqida 1—2 m, jan. gʻarbida 10—25 m). Erta bahorda efemer va efemeroidlar oʻsadi. Dagʻal oʻtlar hamda itqovun, yulgʻun, yantoq, shoʻra, shuvoq kabi oʻsimliklar qorakoʻl qoʻylar uchun muxim ozuqadir. Togʻli qismida yovvoyi jiyda, olma, archa, handonpista, yongʻoq, bodom, naʼmatak, zira, zirk va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, chiyaboʻri, arxar, jayran, quyon; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak, kaptar; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; tipratikan, toshbaqa, zaharli ilonlar, kaltakesaklar, suv havzalarida turli xil baliq koʻp. Tuman hududida Nurota davlat qoʻriqxonasi va Biosfera rezervati qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 7,9 kishi (2004). Shahar aholisi 12,8 ming kishidan ziyod, qishloq aholisi 62 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda, asosan, q. x. ning chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik, tokchilik tarmoqlari rivojlangan. Forish tumani hududidan qoʻrgʻoshin, pyx, ohaktosh, bazalt, marmarlashgan qora ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi. Tumandagi «Karbonat», Uchquloch koni, «Devon», «Forteks» va b. korxonalar samarali faoliyat koʻrsatmokda. Tumanning umumiy yer fondi 474,3 ming ga.

Tumanda chorvachilikka ixtisoslashgan 4 ta, sabzavot va bogdorchilikka ixtisoslashgan bitta, gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan 7 ta shirkat xoʻjaligi mavjud.

400 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmokda. Ekin maydonining 12,5 ming gektariga gʻalla (asosan, lalmikor), 90 gektariga sabzavot, 707 gektariga poliz ekinlari ekiladi. 609 ga boglar, 1058 ga tokzorlar bilan band. F. t. shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 22,2 mingdan ziyod qoramol, 31 ming kuy va echki, 34,5 ming parranda, 3,6 ming yilqi boqiladi. Tuman oʻrmon xoʻjaligi hisobida 80 ming ga yer mavjud. Shundan 2000 ga da saksovulzor, 130 ga da yongokzor barpo etilgan. Oʻrmon xoʻjaligida sariqchoy, kiyikoʻt, togʻrayhon, naʼmatak, ravoch kabi dorivor oʻsimliklarni yigʻib dorixonalarga topshiriladi. Xoʻjalik yiliga 10 ming tup yongʻoq, tok koʻchatlarini tayyorlab axrliga yetkazib beradi.

Forish tumanida avtomobil yoʻllari uz. 343 km, shundan 288 km respublika ahamiyatiga ega. T. y. uzunligi 71 km. 2003/2004 oʻquv yilida tumanda 70 umumiy taʼlim maktabi (18,3 ming oʻquvchi), 7 maktabgacha, 3 maktabdan tashqari muassasalar ishladi. 2 q. x. va maishiy xizmat kasbhunar kolleji (892 talaba) bor (2004). Madaniyat saroyi, 5 madaniyat uyi, 5 klub, «Chorvador» xalq dastasi (1972-y. da tashkil etilgan) faoliyat koʻrsatmoqda.

Markaziy kutubxona va bolalar markaziy kutubxonasi, 28 qishloq kutubxonasi (kitob fondi 281,4 ming asar) aholiga xizmat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari, maydonchalari va b. sport inshootlari mavjud.

10 kasalxona (qariyb 600 oʻrin), 30 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti, 7 qishloq vrachlik ambulatoriyasida 110 vrach va 426 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15 vrach toʻgʻri keladi.

Baliqchi koʻlidan olinadigan shifobaxsh balchiq bilan davolaydigan sanatoriy bor. Shifobaxsh balchiq bilan respublikadagi boshqa statsionar va sanatoriylar ham taʼminlanadi.

Xonbandi toʻgʻoni yodgorligi (10-a., 1582), Qoratosh (1—2-a. lar), Abdullaxon Chorbogʻi (16-a.) arxeologiya yodgorliklari mavjud. Yangiqishloq — Jizzax, Yangiqishloq—Forish, Yangiqishloq— Chimqoʻrgʻon va b. yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi.

1936-y. dan «Forish tongi» gaz. si nashr qilinadi (adadi 2000).


Lotin alifbosida maqola: FORISH TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMIR TEMUR
JIZZAX VILOYATI
QOZOGʻISTON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты