FOSFORLI OʻGʻITLAR

FOSFORLI OʻGʻITLAR — tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli oʻgʻitlar tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Q. x. ga yetkazib beriladigan Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim Fosforli oʻgʻitlar esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. Fosforli oʻgʻitlar sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi (1842-y. da Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab Fosforli oʻgʻitlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F. oʻ. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kalsiy fosfat (SaN2RO4)2N2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kalsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va b. termik fosfatlar) F. oʻ. ; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kalsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakalsiy fosfat — Sa4R2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F. oʻ. Ularda fosfor kalsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. Fosforli oʻgʻitlarni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.

Suvda eriydigan Fosforli oʻgʻitlar kukuni va donador holda limon kislota va ammoniy sitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan Fosforli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Survoha tuproklarda Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 1:0,7:0,3; oʻtloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qoʻllanganda yaxshi samara beradi. Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida toʻplanadi. Tuproqqa solingan Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosforning 20— 25% solingan yili, 40 — 60% 2—3 yil oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. Fosforli oʻgʻitlar oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oʻgʻitdir. Fosforli oʻgʻitlar taʼsirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida qand koʻpayadi (fosfor yetishmaganda oʻsimlik barglarining cheti qorayib quriydi, oʻsimlik nimjon boʻlib oʻsadi).

Oʻzbekistonda Fosforli oʻgʻitlar Olmaliq «Ammofos» birlashmasi, Samarqand kimyo z-di, Qoʻqon superfosfat z-dlarida chiqariladi (yana q. Mineral oʻgʻitlar).

Ad.: Nabiyev M. A., Azotnokislotnaya pererabotka fosfatov, t., 1, T., 1976.

Risqiboy Yoqubov.


Lotin alifbosida maqola: FOSFORLI OʻGʻITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
YAPONIYA
FOSFOR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты