FOTO SANʼATI

FOTO SANʼATI — badiiy ijod turi; asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy sanʼat turi. Badiiy madaniyatda Foto sanʼatining alohida oʻrin tutishi fan (fizika, kimyo, optika) va texnikaning maʼlum yutuqlari zaminida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnikaviy sanʼat tarixida dastlabkisi boʻlganligi bilan belgilanadi. 20-a. oʻrtalarida texnikaviy sanʼat turlari guruhi kinematografiya (kino sanʼati), televideniye, radio sanʼati, dizayn va b. bilan boyigan. Foto sanʼati ijodning keng soxasiga aylandi hamda uning tarkibida hujjatli Foto sanʼati, badiiy fotografiya va amaliy Foto sanʼati (plakat, kitob bezagi, reklama va b. uchun) mustaqil koʻrinishlar sifatida shakllandi. Bu yangi texnika vositasi — tasvirni muhrlash yuzaga kelgan kundanoq tasviriy sanʼat namoyandalari unga murojaat qildi. Fotografiya ixtirochisi LuiJak Dagger asli rassom boʻlib, uning dastlabki suratlari rangtasvirning anʼanaviy portret, manzara va natyurmort janrlari yoʻlida yaratildi. Ilk davr fotografiyasi ochiqdanochiq rangtasvir asarlariga taklid qildi; 19-a. tasviriy sanʼatidagi fotografiyada oʻzining ikkinchi nusxasiga ega edi. Badiiy fotografiya nomini olgan bu yoʻnalish asoschilari Foto sanʼati yuksak tasviriy madaniyatga erishishi, nafis sanʼatlar bilan uzviy bogʻlanishi uchun qariyb 3 asr davomida tanikli ijodkorlarning katta mehnati singgan.

Foto sanʼati tarixida E. Maybrij (AQSH) tomonidan turli koʻrish nuqtalaridan bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqea boʻldi. Bu yangilik tufayli 20-a. 1-choragida Foto sanʼatida real borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi.

2-jahon urushi davridagi reportajlar Foto sanʼatining yangi taraqqiyot bosqichi boʻldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qoʻshdilar. 1950 — 80 y. lar hujjatli Foto sanʼati s, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan joʻnatilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji b-n xarakterlanadi.

Oʻzbekiston hududiga 19-a. ning 2yarmida Yevropadan kelgan koʻplab sayyohtijjorlar va b. kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) sanʼati, q. x., nafis hunarmandchilik sanʼati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarkatishgan.

Dastlabki oʻzbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907—08 y. lar Peterburgga borib bu kasbni chuqur oʻrganish bilan birga oʻsha davrning eng ilgʻor fototexnikasini olib kelgan va juda koʻplab oʻta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari boʻlgan fotosuratlar yaratgan.

Oʻzbekistonda chinakam Foto sanʼatining asochilaridan biri M. Z. Pensonair. U 20-a. ning 20-y. laridan to 50-y. gacha Oʻzbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qoʻshdi. Uning «Oʻzbek madonnasi», «Oʻgʻil savod chiqardi» va b. suratlari mashhurdir. 1940-y. larda Oʻzbekiston Foto sanʼati ijodiy uslublari koʻpaydi, janriy shakllar ortdi, fotograflar turli sohalar boʻyicha ixtisoslasha bordi (mas, Ye. Yudiskiy — meʼmorlik, K. Romeyev — teatr, A. Palexov — portret, R. Albekov — bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov — maishiy janr, S. Mahkamov — madaniyat boʻyicha ixtisoslashdi). Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika F. s. rivojida muhim rol oʻynadi.

Milliy istik,lol tufayli oʻzbek fotografiyasi tamomila yangicha rivojlanish yoʻliga ega boʻldi. Jahon fotosanʼatining oʻta muhim oʻrni, ahamiyatini nazarda tutgan holda 2002-y. da Oʻzbekiston BA tarkibida «Toshkent foto uyi» tashkil etildi.

R. Shagayev. «Kelin» (2000).

F. Qurbonboyev, R. Shagayev, N. Muhammadjonov, K. Minaychenko, M. va D. Penson, T. Zelma, V. Vyatkin, Tursun Ali, Sh. Usmon, V. An, V. Sokolov, R. Yarullin kabi fotoustalar Oʻzbekiston Foto sanʼatida samarali faoliyat koʻrsatmoqdalar.

1, 2Xalqaro Toshkent foto biyennalesi «Moʻtabar qariyalarimiz», «Mahalla — men yashayotgan olam», «Suv — bu hayot demakdir» (2003-y. BMT bilan hamkorlikda), shuningdek, 2003—2004-y. larda «Oʻzbekiston: sevgi izhori» ochiq respublika havaskor fotorassomlari uchun anʼanaviy tarzda xalqchil fototanlovi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston fotoustalari nufuzli Xalqaro fototanlovlarda yuksak oʻrinlarga sazovor boʻla boshladi (mas, 1999-y. YUNESKO fototanlovi); Bryussel, Gaaga, Antverpen kabi shaharlarda «Oʻzbek mahallasi: odamlar, urfodatlar, anʼanalar» fotokoʻrgazmasi Yevropa boʻylab namoyish etildi.

2003-y. da Oʻzbekiston Butunjahon badiiy fotografiya federatsiyasi (Bosh qarorgohi Lyuksemburgda)ga haqiqiy aʼzo qilib qabul qilindi.

Tursunali Qoʻziyev.


Lotin alifbosida maqola: FOTO SANʼATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KINO SANʼATI
FRANSIYA
YAPONIYA
FIZIKA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты