FOTOMATERIALLAR

FOTOMATERIALLAR — fotografiya va kinematografiyami fotografik tasvir hosil qilish uchun qoʻllanadigan yorugʻlik sezgir materiallar, ularga kimyoviy ishlov beradigan reaktivlar va yordamchi vositalar. Fotomateriallar yoruglik sezgir komponentining kimyoviy tarkibiga qarab, kumushli va kumushsiz xillarga boʻlinadi. Kumushsiz Fotomateriallarning yorugʻlik sezgirligi past boʻlib, faqat pozitivlar olishda qoʻllanadi. Fotomateriallar fotoplastinkalar (asosi shisha plastina), fotoplyonkalar (asosi selluloid), kinoplyonkalar va fotoqogʻozlar (asosi yarim yaltiroq qogʻoz) ga boʻlinadi.

Sanoatda umumiy maqsadlar uchun «izoorto», «izoxrom» va «pankxrom» fotoplastinkalar, yorugʻlik sezgirligi 32, 65, 130 va 250 birlikka teng boʻlgan fotoplyonkalar, oʻta yuqori yorugʻlik sezgir kinoplyonkalar, fotoqogʻozlar (6×9 dan 50×60 sm formatda) ishlab chiqariladi.

Yorugʻlik sezgirligi 32 boʻlgan fotoplyonka tabiiy yorugʻlikda surat olishga moʻljallangan. Sezgirligi 250 boʻlgan fotoplyonkalar qorongʻi joylarda surat olishda ishlatiladi. Maxsus Fotomateriallar ikki guruhga boʻlinadi: diapozitiv (plastinka, plyonka) — uning yordamida toʻgʻridantoʻgʻri kattalashtiruvchi apparatlar orqali suratlar koʻrsatilaveradi; reproduksion Fotomateriallar — kumush bromid fotoplastinka, fotoplyonka va b. Ular klishe va b. vositasida rasmlardan nusxa koʻchirishda qoʻllaniladi. Yordamchi vositalarga yoruglik sezgir Fotomateriallar solib yoki oʻrab qoʻyiladigan yorugʻlik va namlikdan himoyalaydigan maxsus qogʻozlar, yelimlar, pozitivlarni atmosfera taʼsiridan saqlaydigan loklar kiradi. Keng tarqalgan yorugʻlik sezgir qatlamlar — disperslangan AgHal mikrokristall quruq jelatinli qatlamlar (Hal=Cl, Br, Cl=Br, Cl=j, Cl+Br+j, Br+j). Bunday qatlamlar 1870-y. larning oʻrtalaridan koʻplab ishlab chiqarila boshlangan.

Keyingi vaqtlarda AgHal — yorugʻlik sezgir qatlamlar rentgen nurlari va elektronlar oqimi tasvirini olishda qoʻllanila boshlandi (q. Rentgenogramma).

AgHal asosida yoruglik sezgir materiallar tayyorlashning 3 bosqichi bor:

1) emulsiyalash va birinchi (fizik) yetiltirish. Bu bosqichda emulsiya, yaʼni AgHal mikrokristallarning kattiq fazasi hosil boʻladi va usadi. AgNO, bilan eritmadagi tarkibida jelatina boʻlgan galogenidlar orasida boʻladigan reaksiya natijasida AgHal hosil boʻladi;

2) ikkinchi (kimyoviy) yetiltirish. Bu bosqichda emulsiya maʼlum vaqt yuqori trada tutib turiladi;

3) emulsiyani quyishga tayyorlash. Bu bosqichda yoruglik sezgir qatlamga kerakli fizikkimyoviy xususiyatlar beriladi. Buning uchun emulsiyaga boʻyovchi — sensibshshzatorlar (yorugʻ sezgir qatlamning sezgirligini oshiradi), stabilizator (yorugʻlik sezgirlikni saqlaydi), oshlovchilar (katlamning mexanik mustahkamligini va jelatinaning traga chidamliligini oshiradi), plastifikatorlar (qatlam moʻrtligini pasaytiradi), xoʻllovchilar (yorugʻlik sezgir qatlam bir tekis boʻlishini taʼminlaydi) qoʻshiladi;

4) quyish [emulsiya yupqa (5—10 mkm) kdlib asosga beriladi]. Tayyor material quritiladi, keyin zarur bichimlarda kesiladi.

Fotomateriallar sifatida kumushsiz yorugʻlik sezgir katlam (polimer plyonka, shishasimon modda va b.)lar keng qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: FOTOMATERIALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
FOTOGRAFIYA
YER
RANG-TASVIR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты