GAMMA- NURLANISH

GAMMA – NURLANISH (u-nurlanish) — toʻlqin uzunligi 10» sm dan kichik qisqa toʻlqinli elektromagnit nurlanish; radioaktiv yadrolar va elementar zarralar parchalanganda, zaryadli tez zarralarning modda bilan oʻzaro taʼsiri vaqtida, shuningdek elektronpozitron juftlarining annigilyatsiyasi va b. da paydo boʻladi. Atom energiyasi istalgan qiymatlarni emas, balki energetik sathlar deb ataluvchi maʼlum kattaliklarni qabul qiladi. Bunday satxdar yadroda ham mavjud. Ularning pastkisi asosiy sathlar, katta energiyali sathlar esa uygʻongan sathlar deyiladi. Koʻpincha, yadrolar a-yemirilish, fi – yemirilish yoki yadro reaksiyalaridan keyin uygʻongan holatda boʻlib, G.-i. natijasida asosiy holatga oʻtadi. Uygʻongan holatdan asosiy holatga oʻtish vaqti juda kichik; u 10»ʻ° — 10»13 s ga teng. Umuman, yadro katta energiyali holatdan kichik energiyali holatga oʻtgan paytda G.-n. roʻy beradi. G.-n. energiyasi yadroning dastlabki Ye1 va nurlanishdan keyingi Ef holati energiyalari farqiga teng: Ј, — Ef-hv, bunda: v — nurlanish chastotasi, A — Plank doimiysi. G.-n. roʻy berishi uchun harakat mikdori momenti va juftlik saqlanish qonuni bajarilishi lozim. Yadro bir energetik sath Et dan ikkinchi energetik sath Ef ga oʻtganda u-nurlanishning harakat miqdori momenti t=\ boʻlsa, bunday G.-n. dipol nurlanish, 1—2 boʻlsa kvadrupol nurlanish, /=3 boʻlsa aktupol nurlanish deyiladi va h. k. Yadroning elektr zaryadlari qayta taqsimlanishi natijasida elektr nurlanish Ye spin va orbital magnit momentlari oʻzgarishi natijasida magnit nurlanish Msodir boʻladi. Yadroning G.-n. roʻy berishi uchun yarim yemirilish davri 10** — 1015 s ga teng boʻlishi kerak. Yadroning yarim yemirilish davri G.-n. energiyasi, massa soni va yadro spiniga bogʻliq. Har xil energetik holatdagi yadrolar spini farqi katta boʻlsa ( | D/| >4) yadro yemirilishi qiyinlashadi va yashash vakti ortadi. Bu izomer holat, uygʻongan yadro esa izomer yadro deyiladi. Yadro bir energetik sathdan ikkinchi energetik sathga oʻtganida G.-n. roʻy bermasdan konversion elektronlar chiqarishi mumkin. Uygʻonish energiyasi atom qobigʻidagi elektronlarga utishi natijasida elektron atomdan ajralib chiqadi. Bu hodisa ichki konversiya, elektronlar esa ichki konversion elektronlar deyiladi. Konversion elektronlar sonining u-nurlar son i ga nisbati ichki konversiya koeffitsiyenti deyiladi.

Konversion elektronlar energiyasini magnit spektrometrlar bilan oʻlchab, Y-nurlar energiyasi aniqlanadi. u-nurlar energiyasi katta (Ј>1,02MeV) boʻlsa, magnit-spektrometr, ssintillyatorlar (INaJTI) kristall), yarimoʻtkazgich [Ge(Li)], detektor bilan oʻlchanadi.

G.-n. dan inson faoliyatining turli sohalarida keng foydalaniladi. Mas, tibbiyotda zararli shishlarni davolash uchun kobalt toʻplar qoʻllaniladi (u-nurlar energiyasi-1,3 MeV), kasalliklarni oldindan bilish uchun radioaktiv ioddan (Јg~0,3 MeV) va b. oʻnlab gamma-faol preparatlardan foydalaniladi. Tabiiy kaliy tarkibidagi kaliy = 40 tabiiy radioaktiv izotopning gammanurlanishi inson gavdasidagi radioaktivlikni aniqlash uchun xizmat qiladi.

\Rahim Bekjonov.


Lotin alifbosida maqola: GAMMA- NURLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
ELEMENTAR ZARRALAR
TOSHKENT
KOSMIK NURLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты