FREZALASH STANOGI — detallar ning tashqi va ichki yuzalari (tekis va shakldor yuzalar), botiqlar va chiqiqlarga, aylanuvchi jism sirtlariga, rezba va tishli gʻiddirak tishlariga freza yordamida kesib ishlov beruvchi stanok. Frezalash prinsipi 16-a. da Leonardo da Vinchining dumaloq egov koʻrinishidagi frezaning eskizini chizishidan paydo boʻlgan. 1665-y. da Pekinda aylanuvchi egov oʻrnatilgan stanok kurilganligi maʼlum. Hoz. zamon F. s. ning nusxalari 19-a. da vujudga kela boshlagan.
Vazifasi va tuzilishiga qarab Frezalash stanogi bir necha xilga boʻlinadi.
Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining oʻqi gorizontal joylashgan boʻlib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma boʻladi. Turli xil frezalar b-n ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol boʻylama, koʻndalang va vertikal yoʻnalishdasiljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga oʻxshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli oʻqining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogi lardan farq qiladi. Boʻylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga moʻljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (shablonlar, kulachoklar va b.)ga yoki andaza (model) boʻyicha fazoviymurakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun moʻljallangan. Shponka F. s. dan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va koʻpshpindelliboʻladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolgʻalangan va shtamplangan zagotovkalarga tores frezalari b-n ishlov berish uchun xizmat kiladi. B a rabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki tores yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun moʻljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanogi lari qoʻllaniladi.
Yogʻoch ishlash Frezalash stanogida freza mahkamlanadigan aylanuvchi vertikal shpindel mavjud. Undan zagotovkalarni kesib ishlashda foydalaniladi. Oddiy, karusel (bir va ikki shpindelli) va andaza bilan ishlaydigan xillari bor.