FUNGITSIDLAR

FUNGITSIDLAR (lot. fungus zamburugʻ va caedo — oʻldiraman) — q. x. ekinlari kasalliklariga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar, pestitsidlarttt bir guruhi. Fungitsidlar oʻsimliklar kasalligi qoʻzgʻatuvchilarini yoʻq qiladi, ularning rivojlanishini batamom yoki qisman toʻxtatadi.

Kimyoviy xususiyatlariga qarab Fungitsidlar anorganik (bordo suyuqligi, ohakoltingugurt qaynatmasi, tuyilgan va kolloid oltingugurt, mis kuporosi, temir kuporosi, misning xlor oksidi va b.) va organik (kaptan, vektra, karatan, topaz, bronotak va b.) birikmalariga, shuningdek, antibiotiklar qatoriga kiradi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilariga taʼsir etishiga koʻra, Fungitsidlar himoyaviy (oldini olish) va davolovchi turlarga boʻlinadi. Himoyaviy Fungitsidlar oʻsimliklarning zararlanishi va kasallik tarqalishi oldini oladi, asosan, qoʻzgʻatuvchilarning boʻlinish (koʻpayish) organlarini yoʻqotadi. Davolovchi Fungitsidlar oʻsimlik kasallanganidan keyin zamburugʻ mitseliysi, qoʻzgʻatuvchining koʻpayish organlari va qishlaydigan bosqichlariga taʼsir etib, ularni nobud kiladi.

Oʻsimlik toʻqimalari ichida tarqalish xususiyatiga koʻra, sirtdan va singib (ichdan) taʼsir koʻrsatadigan turlarga boʻlinadi. Sirtdan taʼsir etuvchi Fungitsidlar oʻsimlik sirtidagi kasallik qoʻzgʻatuvchilariga bevosita tegib, ularni nobud qiladi. Ularning samaradorligi taʼsir qilish muddati, miqdori (dozasi), ishlov berilgan sathdan ushlanib qolish darajasi, tuproqhavo sharoitlariga bogʻliq. Singib taʼsir etuvchi Fungitsidlar oʻsimlik toʻqimasiga barg, tana (poya), ildiz orqali oʻtib, kasallik qoʻzgʻatuvchilariga taʼsir etadi yoki oʻsimliklarda modda almashinuvi jarayonida qoʻzgʻatuvchilarning rivojlanishini toʻxtatadi; samaradorligi oʻsimlik toʻqimalariga singish tezligi (qisman meteorologik sharoitlarga bogʻliq) bilan belgilanadi. Ishlatilish sharoitlariga koʻra, Fungitsidlar urugʻlikni dorilashda, tuproqdagi kasallik qoʻzgʻatuvchilarini yoʻqotishda, oʻsimliklarning tinim davrida (erta bahor — kurtak koʻkargunicha, kech kuz va qishda qoʻzgʻatuvchilarning qishlaydigan bosqichlariga), vegetatsiya davrida (asosan, yozda kasalliklarning oldini olish preparatlari), omborlarni dudlash va purkashda qoʻllaniladigan turlarga boʻlinadi.

Hoz. davrda 200 dan ortiq Fungitsidlar maʼlum, ularning 1500 dan ortiq birikmalari va preparatlari dust, emulsiya konsentratlari, suspenziya, kukun, hoʻllanuvchi kukun, aerozol, pasta koʻrinishida ishlab chiqariladi. Fungitsidlarni ishlatish usullari: purkash, changlatish, sepish, urugʻlikni dorilash, urugʻlikni va omborlarni gazlash (fumigatsiya) va b. F. bilan ishlashda texnika xavfsizligiga amal qilish lozim.

Oʻzbekiston q. x. da 90-y. lardan boshlab Yaponiya, Germaniya, AQSH, Shveysariya, Hindiston firmalarida hamda «Navoiy elektrokimyo zavodi» aksiyadorlik jamiyatidya ishlab chiqarilgan yuqori samarador Fungitsidlar qoʻllanilmoqda. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda Fungitsidlarni qoʻllash qonun bilan tartibga solinadi.

Ad.: Fungitsidы, T., 1980; Oʻzbekiston Respublikasida ishlatish uchun ruxsat etilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxati, T., 2003.

Abdukarim Zikiryoyev.


Lotin alifbosida maqola: FUNGITSIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
PESTITSIDLAR
ANTIBIOTIKLAR
KIMYO
TEMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты