FUQAROVIY JAVOBGAR

FUQAROVIY JAVOBGAR — fukarolik ishi boʻyicha daʼvogarning daʼvo arizasi yuzasidan sudga javob berish uchun jalb kilingan shaxs. Daʼvo talabi kimga nisbatan qaratilgan boʻlsa, oʻsha shaxs javobgar sifatida eʼtirof etiladi. Mas, aliment undirish toʻgʻrisidagi ishda aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs, jinoyat orqasida yetkazilgan zararni undirishda ayblanuvchi shaxs Fuqaroviy javobgar sifatida ishga jalb qilinishi mumkin.

Fuqaroviy javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga, daʼvoga nisbatan eʼtiroz va karshi daʼvo berishga, qonunda belgilangan tartibda daʼvogar b-n kelishuv bitimi tuzishga, sudning chiqargan qarorlari ustidan shikoyat berishga haqli.


Lotin alifbosida maqola: FUQAROVIY JAVOBGAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALIMENT
JINOYAT ISHIDA FUQAROVIY DAʼVO
AYB
AYBLANUVCHI
MODDIY JAVOBGARLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты