FUQAROLIK KODEKSI

FUQAROLIK KODEKSI (FK) – fuqarolik huquqining eng muhim va asosiy qoidalarini belgilaydigan kodifikatsiyalashtirilgan normalardan iborat qonun hujjati. FK fuqarolik huquqining asosiy manbai hisoblanib, fuqarolikhuquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari unga zid boʻlmasligi kerak. FK fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va b. ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquklarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va oʻzga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan borlik shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.

Oʻzbekiston Respublikasining FK 2 qismdan iborat boʻlib, uning 1qismi 1995-y. 21 dekda, 2qismi 1996-y. 29 avg. da qabul kdpingan hamda ikkala qismi bir vaqgda — 1997-y. 1-martdan kuchga kirgan. Oʻzbekiston Respublikasining FK 6 boʻlim, 71 bob va 1199 moddadan tashkil toptan. FKning 1 – qismida fuqarolik huquqining umumiy qoidalari, tamoyillari, fuqarolikhuquqiy munosabatlar subyektlari, mazmuni va obyektlari, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va daʼvo muddati, mulk huquqi va b. ashyoviy huquqlar, majburiyat huquqining umumiy qoidalari, shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar belgilangan boʻlsa, kodeksning 2kismida majburiyatlarning aloxida turlari hisoblangan fuqarolikhuquqiy shartnomalarni, shartnomadan tashqari majburiyatlarni, intellektual mulk huquqi obyektlari b-n bogʻliq munosabatlarni, vorislik huquqini va xalkdro xususiy huquq normalarini fukerolik xukukiy munosabatlarga tatbiq etilishini tartibga soluvchi qoidalar mustahkamlangan.


Lotin alifbosida maqola: FUQAROLIK KODEKSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INTELLEKTUAL MULK HUKUQI
TOSHKENT
FRANSIYA
MUALLIFLIK HUQUQI
XUSUSIY MULK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты