FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI

FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI — huquq sohasi; sud tomonidan fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish, shuningdek, sudlar va b. ayrim organlar karorlari ijro etilishi tartibini belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqining predmeti — sud majlisida tekshiriladigan va hal qilinadigan fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsess ning boshqa ishtirokchilari oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik ishlarini yuritishni tartibga solib, qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudning, protsess ishtirokchilarining, sud qarorini ijro etuvchilarning qanday harkatlarni qanday tarzda bajarishlari lozimligini, bunday harakatlarning oqibatlari nimadan iborat boʻlishi (mas, ish haqi undirilishi, keltirilgan zarar toʻlanishi) ni belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning boshqa sohalari, chunonchi jinoyat protsessual huquqi bilan bogʻliq. Huquqning bu har ikki sohasini birlashtiradigan mazmun shundaki, ular odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining FPKdir.


Lotin alifbosida maqola: FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISH HAQI
HUQUQ
ODIL SUDLOV
YER
FUQAROLIK PROTSESSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты