GʻAZAL

GʻAZAL (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. «Gʻazal» atamasi dastlab 6—7-a. larda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, 13—14-a. lardatoʻla shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli Gʻazal namunasi ham uch-raydi. Aa, ba, va, ga, da va h. k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki m a b d a ʼ, oxirgisi m a qt aʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning mis-ralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi mat-layoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.

Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mus-taqil baytlardan tuzilgan (parokan-da) Gʻazal ; yakpora Gʻazal ; voqeaband Gʻazal ; musalsal Gʻ. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona Gʻazal larga boʻlinadi.

Fors soʻz sanʼatida Gʻazal dastlab rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdu-rahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar Gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar. Oʻzbek adabiyo-tida Gʻazalning ilk namunalari Rabgʻu-ziining «Qisasi Rabgʻuziy», Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va b. ijodida rivojlantirildi.

Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Mas, Navoiyning 2600 Gʻazal idan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 Gʻazal idan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esabarcha Gʻazal lari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchili-gini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.

15-a. dan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq Gʻazal yara-tib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, Gʻazalni hayotga yaqinlashtirdi, Gʻazalda realistik tamo-yillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdul-la, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Ori-pov, Jamol Kamol va b. Gʻ. ni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol Gʻazallar yaratdilar (yana q. Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik);

2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-a. larda) «navbat» deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va b. ning asarlarida Gʻazal Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shim. Hindiston, Bang-ladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻazal raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori par-dalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va b. uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo. ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻazal urdu, hind, fors, panjob, gujarot va b. tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-a. da Gʻazalning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va b.), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va b.)da keng ijro etilmoqda.

Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, Asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S ., 3 i yo – viddinov M., Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., Gʻazal nafosati. T., 1985.

Ergash Ochilov, Muhiddin Nosirov.


Lotin alifbosida maqola: GʻAZAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
XITOY
YER
MUSIQA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты