GʻAZALKENT GIDROUZELI

GʻAZALKENT GIDROUZELI — Chir chiq daryosidagi gidrotexnika inshooti. 1940-y. da qurilgan. Toʻgʻonning umumiy uz. 544 m. Toʻgʻon ostonasi daryo oʻzanidan 1,5 m yuqorida qurilgan. Toʻgʻon 115° burchak ostida qurilgan toʻsiqli va tuproqli qismlan iborat. Toʻsikli qismining uz. 94 m; har qaysisining eni 14 m dan boʻlgan 5 darvozadan iborat. Toʻgʻon darvozalari toʻliq ochilganda sekundiga 2300 m3 suv oʻtadi. Uning oʻng qismida Tovoqsoy GES kanaliga suv chiqargich — rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 260 mʻ/sek. Kanalga ketadigan suvdagi oqiziqlarni ushlab qolish uchun uning bosh qismiga 125,8×130 m oʻlchamli 6 kamerali tindirgich qurilgan. Toʻgʻon ostonasi 2 pogʻonali boʻlib, yuqorigi pogʻona ochilsa, tindirgichga quyiladi, pastki pogʻona ochilsa, tindirgichga yigʻilib qolgan oqiziq choʻkin-dilar oʻlchami 1,7×3,5 m li 6 ta maxsus tuynuk orqali uz. 300 m, eni 10 m, qiyaligi 0,005 boʻlgan kanalga chiqarib tashlanadi. Suvning tezligi 7 — 9 m/sek. boʻlganda tuynuklar sekundiga 280 m3 suv oʻtkazadi. Toʻgʻonda daryoda suzib keladigan muz parchalarini oʻtka-zib yuborish uchun bal. 7 m li darvoza bor. Tuproqli toʻgʻon toʻsiqli toʻgʻonning davomi boʻlib, uz. 450 m. Toʻgʻonning chap qismida yangi kanalga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi sekundiga 2,5 m3. Dar-yoning chap qirgʻogʻiga damba va toʻsiqlar qurilgan (q. Gʻazalkent GES).


Lotin alifbosida maqola: GʻAZALKENT GIDROUZELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
GIDROELEKTR STANSIYA
TOSHKENT
AMUDARYO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты