GEKSOZALAR

GEKSOZALAR, CjHuO,, — molekulasida oltita uglerod atomi boʻlgan monosaxaridlar. Tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida sof holda hamda polisaxaridlar tarkibida uchraydi. Karbonil guruhiga koʻra G. aldogeksozalar va ketogeksozalarga boʻlinadi. Aldogeksozalarga mansub glyukoza, galaktoza va mannoza tabiatda erkin holda yoki glyukozidlar, polisaxaridlar hamda fosfor efirlari sifatida glikoproteidlar, glikolipidlar va b. murakkab birikmalar tarkibiga kiradi. Ketogeksozalardan eng koʻp tarqalgani — fruktoza. G. polisaxarid hamda glikozidlarni gidroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Aldova ketogeksozalardan baʼzilari (alloza, akroza, glyunoza, galtoza) sintetik yoʻl bilan ham olingan. Geksozalar neytral va kucheiz kislotali muhitda barqaror. Barcha Geksozalar turli qandlar va ularning hosilalarini sintez qilishda asosiy xom ashyodir. Glyukoza oziq-ovqat mahsuloti va doridarmon sifatida hamda spirt sanoatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: GEKSOZALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MONOSAXARIDLAR
YER
TOSHKENT
KIMYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты