GʻARBIY DVINA

GʻARBIY DVINA — RF, Belorussiya va Latviyadagi daryo (Latviyada Daugava deb ataladi). Uz. 1020 km, havzasi mayd. 87,9 ming km2. Valday qirlaridan boshlanib, Volganing boshlanish qismidan gʻarbroqda Boltiq dengizining Riga qoʻltigʻiga quyiladi. Irmoqlari: chapda — Meja, Kasplya, Luchesa, Ulla, Dis-na; oʻngda — Toropa, Drissa, Dubna, Ayviyekste, Ogre. Qor, grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 678 m3/sek. Dek. dan martgacha muz oqib turadi. Gʻarbiy Dvinada 3 ta GES (Kegum, Plyavin, Riga) bor. Daryoning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Berezina kanali orqali Dnepr daryosi bilan bogʻlangan. Daryo boʻyida Vitebsk, polosk, Daugavpils, Yekabpils, Gʻarbiy Dvina shaharlari, quyilish joyida Riga sh. va dengiz porti joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: GʻARBIY DVINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BELORUSSIYA
LATVIYA
SIRDARYO
TOSHKENT
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты