GELIOFIZIKA

GELIOFIZIKA (gelio… va fizika) , quyosh fizikasi — astrofizika boʻlimlaridan biri. Quyosh fizikasi muammolarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Fotometrik, spektrofotometrik va radioastronomik usullarni qoʻllash yoʻli bilan Quyosh atmosferasining t-rasi, zichligini, modda harakati va magnit maydonlarning taqsimlanishi va oʻzgarishini oʻrganadi, turli xil tekshirish natijalariga asoslanib, Quyosh atmosferasi va ichki tuzilish modellarini ishlab chiqadi. G. Quyosh atmosferasida kuzatiladigan har xil tuzilmalar (dogʻlar, mashʼallar, protuberanslar, toj tuzilmalari)ning fizik tabiati va rivojlanishini, ularda roʻy beradigan tez oʻzgaruvchi jarayonlar tabiatini tekshiradi, Quyosh yuzida kuzatiladigan jarayonlarni (mas, 5™ li tebranish) oʻlchashga asoslanib, Kuyoshning ichki tuzilishini oʻrganadi (gelio-seysmologiya), modelni tekshiradi va toʻgʻrilaydi. Geliofizikaga doir kuzatuv va i. t. ishlari rasadxonalarda olib boriladi, unga kosmonavtika ham «koʻmaklashadi». Mac, 1973-y. «Skayleb» kosmik st-yasiga (AQSH) oʻrnatilgan rentgen teleskop yordamida Quyoshning rentgen nurlanishi oʻrganildi, kosmik apparatlar Quyoshning ultrabinafsha nurlari tabiatini oʻrganishga yordam beradi. Oʻzbekistonda Geliofizikaga doir i. t. ishlari Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida, OʻzMU Astronomiya kafedrasida, Tosh DPUda olib boriladi (yana q. Huyosh).

Ad.: Nuritdinov S. N ., Somon yoʻli fizikasi, T., 1989.


Lotin alifbosida maqola: GELIOFIZIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
ASTROFIZIKA
YER
QUYOSH
KOSMONAVTIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты