GʻILDIRAK

GʻILDIRAK — mashina va mexanizmlarning aylanma harakatni uzatish yoki boshqa harakatga oʻzgartirib berish uchun xizmat qiladigan detali. Gupchakka oʻrnatilgan disk yoki spi-sali chambarak shakliga ega. Gʻildirak mashina yoki mexanizm oʻqida erkin aylanishi yeki unga mahkamlab oʻrnatib qoʻyilishi (oʻq bilan birga aylanishi) mumkin.

Gʻildirak insoniyatning ilk kashfiyotlaridan biri. U taxm. mil. av. 4 min-ginchi yillar oʻrtalaridan oldin maʼlum (Mesopotamiya). Suriladigan yuk ostiga qoʻyiladigan yogʻoch gʻaltakmolani ilk Gʻildirak deb hisoblash mumkin. Dastlabki Gʻildirak toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqqa oʻrnatilgan diskdan iboratboʻlgan. Mil. av. 2 minginchi yillarga kelib Gʻildirak ancha takomillashdi: avval spitsali, keyinchalik gupchakli va qayrilma gardishli Gʻildiraklar yaratildi, keyinchalik Gʻildirak mustahkamligini oshirish maq-sadida temirdan yasalgan gardishlar qoʻllana boshlandi. Dastlab, Gʻildirak faqat pishiq yogʻochdan yasalgan va, asosan, arava, charxpalak; zambilgʻaltak (q. Zambiya) uchun ishlatilgan. Oʻzbekiston hududida Oltintepa qad. shahar harobasidan topilgan 4 Gʻ. li (tegarchikli) sopol aravaning mil. av. 4—2-a. larga oidligi aniqlangan. texnika rivojlanib, avtomobil, velo-siped va parovoz paydo boʻlgach, shinali va temir Gʻ. lar ishlatila boshladi. Gʻildirak faqat transport vositalarining ham tayanchi, ham harakatlantirish vositasigina boʻlib qolmay, balki kulolchilikda, tegirmonlar, turbinalar, stanoklar va b. da harakatni bir turdan ikkinchi turga aylantirish yoki tezligini oʻzgartirish uchun ham qoʻllanadi (q. Tishli gʻildirak).


Lotin alifbosida maqola: GʻILDIRAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YUNONISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты