GʻURBAT

GʻURBAT (taxallusi; asl nomi Ab-dulla Maxdum Karimberdi oʻgʻli) (1850/53 — Fargʻona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qoʻqonda Muhammad Alixon madrasasida oʻqigan. Oʻzbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik gʻazallar tashkil etadi. Ularda dunyo norasoligidan nola-faryod qilgan, ilohiy va insoniy muhabbatni, yaxshi xulqlarni, ilm-maʼrifatni ulugʻlagan, yaramas feʼl-atvorli kishilarni hajv qilgan («Ohkim shod ayla-mas…», «Qoʻlimda pora yoʻq…», «Gulo, ovorai har du jahon qilding…» va b.). Uning QoʻqonNamangan-Andijon sayohatlari haqidagi xotiralari mashhur. Gʻurbat sheʼrlaridan devon (10 ming misraga yaqin) tuzgan. Unga 442 gʻazal, 25 muxammas, 12 ruboiy, 7 murabbaʼ, 3 marsiya, 1 taʼrix va 2 chorbayt kirgan. «Devoni Gʻurbat» qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. №10067).

Ad.: Rahmatova D., Muqimiy izdoshlari(Gʻurbatva Rojiy), T., 1978; Qayyumov P.. Tazkirai Qayyumiy, T., 1998.


Lotin alifbosida maqola: GʻURBAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT
TOJIKISTON
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты