GENLARNING UZARO TAʼSIRI

GENLARNING UZARO TAʼSIRI — genlarning belgilar rivojlanishidagi ishtiroki. Bir genning oʻzi bir necha xil belgilar rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar bir belgining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday taʼsir bir gen allellari (allelli taʼsir) yoki turli genlarning allellari (allel boʻlmagan taʼsir) orasida sodir boʻladi. Genlarning allelli oʻzaro taʼsirini oʻrganish natijasida Mendel qonunlari kashf etilgan. Organizmlardagi koʻpchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir gen emas, balki allel boʻlmagan bir necha genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel boʻlmagan Genlarning uzaro taʼsiri komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan (aralash), pleyotrop taʼsir xillariga boʻlinadi.

1. G. oʻ. t. ning komplementar (toʻldiruvchi) taʼsiri, yaʼni komplementariya ikki yoki undan ortiq allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsiri tufayli organizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Mas, tovuklarda tojning gulsimon va noʻxatsimon shakllari bargeimon (oddiy) shakliga nisbatan dominant hisoblanadi. Gulsimon tojli tovuqlar noʻxatsimon tojli xoʻrozlar bilan chatishtirilganda Gʻrda yongʻoqsimon tojli tovuqlar olinadi. Yongʻoqsimon tojli parrandalar oʻzaro chatishtirilganida Gʻ^a yongʻoqsimon, gulsimon, noʻxatsimon va bargsimon tojli tovuqlar 9:3:3:1 nisbatda toʻrtta fenotipik sinflar olinadi. Gʻ,da kuzatilmagan yangi belgi, yaʼni yongʻoqsimon tojning ri-vojlanishi gulsimon tojni rivojlantiruvchi, mas, A geni bilan noʻxatsimon tojni rivojlantiruvchi dominant V genining oʻzaro komplementar taʼsiriga bogʻliq. Ota-ona sifatida olingan gulsimon tojli tovuklar oʻz geno-tipida gulsimon tojni nazorat qiluvchi A genining dominant allellariga hamda noʻxatsimon tojni boshqaruvchi V genining retsessiv allellariga (AAvv), ota sifatida olingan noʻxatsimon tojli xoʻrozlar esa, aksincha — aaVV genotipga ega boʻlgan. Ota-ona va birinchi avlod parrandalarining genotipini quyidagicha koʻrsatish mumkin: R 9 Aavv (gulsimon tojli) X S aaVV (noʻxatsimon tojli) Gʻ, AaVv (yongʻoqsimon tojli).

Belgilarning komplementar tipda irsiylanishi 9:7; 9:6:1; 9:3:4 nisbatda ham boʻlishi mumkin.

2. G. oʻ. t. ning epistatik tipi, epistaz — bir genning allellari boshqa genlar allellarining faoliyatini bosib turishidan iborat. Mas, A>V yoki V>A, a>V yoki v>A. Allel boʻlmagan genlar faoliyatini bosib turuvchi allel genlar supressorlar yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular dominant yoki retsessiv holatda boʻlishi mumkin. Dominant epistaz taʼsirida bir genning dominant alleli boshqa allel boʻlmagan gen faoliyatini bosib turadi. Dominant epistazda belgilar ajralishi Gʻ2 da 13:3 yoki 12:3:1 nisbatda sodir boʻladi. Retsessiv epistaz bir tomonlama yoki ikki tomonlama boʻlishi mumkin. Birinchi holda bir gen retsessiv allelli gomozigota holatda boshqa genning dominant yoki retsessiv allellari faoliyatini bosib turadi, yaʼni aa>V yoki aa>vv boʻladi. Bu holda Gʻ2 da belgilar 9:3:4 nisbatda roʻy beradi. Ikki tomonlama retsessiv epistazda aa>V-, vv>A – boʻlganidan, fenotip boʻyicha ajralish Gʻ2 da 9:7 nisbatda sodir boʻladi.

Z. G. oʻ. t. ning polimeriya tipi, yaʼni polimeriya — bir belgining rivojlanishiga ikki va undan ortiq allel boʻlmagan genlarning bir xilda taʼsir koʻrsatishidan iborat. Bunday polimer genlar bir xil harf bilan belgilanib, bir-biridan indekslari orqali farq qiladi. Mac, A,A,a2a2a,a,A,A2; ADA^ yoki a,a,a2a2. Polimeriya holida nasldan-naslga oʻtish kumulyativ va nokumulyativ tipda boʻladi. Kumulyativ polimeriyada fenotipda paydo boʻladigan belgi dominant allellarning soniga bogʻliq, nokumulyativ polimeriyada esa belgining rivojlanishi dominant allellarning soniga bogʻliq emas. Kumulyativ polimeriyaga misol qilib 1908-yilda shved olimi G. Nilson-Ele oʻtkazgan tajri-ba natijasini keltiramiz. Toʻq qizil va oq donli bugʻdoy irqlarini chatishtirib birinchi avlodda (Gʻ,) donlari qizil boʻlgan duragay oʻsimlik olinadi. Ular oʻzaro chatishtirilganida Gʻ, da rangi (toʻq qizildan och qizilgacha) va oq rangli boʻlgan oʻsimliklar 15:1 (15 ta rangli 1 ta oq) paydo boʻladi. Donlar 15:1 boʻlgan. 15 qism don rangining toʻq qizildan och qizilgacha oʻzgarishi ular genotipidagi qizil rangni taʼmin etuvchi dominant gen allellarining soniga bogʻliq. Bu misolda keltirilgan bugdoy navlari ikki juft polimer genlar bilan bir-biridan farq qiladi.

Nokumulyativ polimeriyaga achambiti oʻsimligida qoʻzoq mevasi shaklining irsiylanishi misol boʻladi. Achambiti mevasining uchburchak shakli oval shakli ustidan dominantlik qiladi. Uchburchak mevali achambiti oval mevali oʻsimlik b-n chatishtirilganda F, da uchburchak mevali duragaylar, F2 da esa 16 oʻsimlikdan 15 tasining mevasi uchburchak, bittasi oval boʻladi. Bu misolda ham ota-ona oʻsimliklar ikki juft polimer genlar orqali bir-biridan farq qiladi. Ammo F, da oʻsimliklar mevasining uchburchak shakli dominant allellarning soniga bogʻliq emas. Mas: 4 ta (A,A,A2A2) yoki faqat 1 ta (A,a,a2a2 yoki a,a,A2a2) dominant allel boʻlganida ham meva uchburchak boʻladi. Shunday qilib, uchburchak mevali oʻsimliklarning rivojlanishi dominant allellarning soniga bogʻliq boʻlmaydi.

4. G. oʻ. t. ning kombinirlangan tipi. Bir belgining rivojlanishida bir vaqtning oʻzida komplementar, epistaz, polimeriya, pleytropiya tiplarining birgalikda taʼsir koʻrsatishidan iborat. Bu holat, odatda, genom tuzilishi murakkab boʻlgan allopoliploid organizmlarda kuzatiladi. Bu tipdagi taʼsir chigit ustidagi tuk va tola qatlamining irsiylanishini oʻrganish jarayonida aniklangan. Chigit tuklarining rivojlanishini toʻrtta allel boʻlmagan genlar — I-i, Ft,—ft,, Ft2—ft2 va Fc—fc nazorat qiladi. Taʼsir qilish xususiyatiga binoan bu genlar uch guruhga boʻlinadi:

1) gen-ingibitor (I-i); buning dominant alleli gomozigota (II) va geterozigota (I) holatda asosiy (Ft,, Ft2) va yordamchi (Fc) genlar taʼsirini toʻxtatib qoʻyadi va fenotipik ji-hatdan tuksiz chigit rivojlanadi;

2) asosiy genlar — Ft,—ft, va Ft2—ft,. Ular dominant allellar boʻlib, polimeriya tipida taʼsir koʻrsatib, chigitning mikropileda tuklarining rivojlanishini nazorat etadi. Bu genlar faqat gen ingibitorning retsessiv gomozigota (ii) holatida va yordamchi (Fc—fc) genning allel holatiga bogʻliq boʻlmagan holda taʼsir etadi. Mikropileda tuklar fenotipda namoyon boʻlishi darajasi genotipdagi asosiy genlarning dominant allellari soniga bogʻliq;

3) yordamchi gen — Fc—fc. Uning dominant alleli asosiy genning biror dominant gomozigota holati bilan oʻzaro taʼsir qilib, chigitning xalaza va yon qismlarida tuklarning rivojlanishini nazorat qiladi. Yordamchi gen dominant gomozigota holatda (Fsfsda) chigit bir tekis va qalin tuk bilan qoplanadi, geterozigota (Fcfc) holatida esa tuklar notekis rivojlanadi. Shunday qilib, chigit tuklari poligenlar (epistaz, polimeriya, komplementar), asosiy va yordamchi genlar hamda gen-modifikatorning oʻzaro murakkab taʼsiri natijasida rivojlanadi. Chigit uzun tolasining rivojlanishini kamida ikki guruhga mansub genlar nazorat qiladi. Polimer genlar funksiyasiga koʻra ikkiga boʻlinadi: asosiy — 1LL—Nl va LiD—liD; hamda yordamchi.

Yopdamchi genlar asosiy genlarning fenotipik rivojlanishini kuchaytirish xususiyatiga ega. Ular genotipda asosiy polimer genlarning dominant allellari boʻlganida taʼsir koʻrsatadi. Chigit tuklari rivojlanishini nazorat qiluvchi asosiy genlar Ft,, Ft2 tolani chigitning maʼlum qismida rivojlanishiga pleyotrop taʼsir koʻrsatadi.

5. Genlarning pleyotrop taʼsiri — bir genning bir necha belgilar rivojlanishiga taʼsiri. Mas; qorakoʻl qoʻylari qoʻzilarida junning kulrangi (sheroziy) dominant gen tomonidan boshkariladi. Ana shu gen boʻyicha dominant gomozigotali boʻlgan qoʻzichoqlar tugʻilgandan soʻng sutdan chiqqach oshqozon-ichak yoʻlining toʻliq rivojlanmaganligi sababli nobud boʻladi. Demak, junning kulrangini rivojlantiruvchi dominant gen gomozigota holatda hazm qilish sistemasida nuqsonning paydo boʻlishiga olib keladi. Drozofilada koʻzning oq rangini belgilovchi gen pushtning kamayishi va ular hayotining qisqarishiga sabab boʻladi.

Sharifjon Turabekov, Miradham Abzalov.


Lotin alifbosida maqola: GENLARNING UZARO TAʼSIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDEL QONUNLARI
GENETIKA
MENDELIZM
YER
GEN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты