GENRIX (Henry) — Angliyada: Genrix 1 (1068, Selbi – 1135.1.12, Lionla Fore) qirol (1100-y. dan). Vilgelm I Fotihning kichik oʻgʻli. Ingliz baronlarini oʻz tarafiga ogʻdirib, taxtni qonunsiz egallagan. Qirollikni ancha mustahkamlagan. Uning davrida boshqaruvning markaziy organi — qirollik kuriyasi (jangchi erkaklar uyushmasi) tashkil etilgan.
Genrix II Plantagenet (Genrix Anjuyskiy) (1133.5.3, Leman – 1189, Shinon) qirol (1154-y. dan). Plantagenetlar sulolasining birinchi vakili. Fransiyada katta mulklari boʻlgan. Qirollikni mustahkamlaydigan islohotlar oʻtkazgan. Genrix davrida (1169) Irlandiya bosib olina boshlangan.
Genrix III (1207.1.10, Uinchester — 1272.16.11, London) — qirol (1216-y. dan), plantagenetlar sulolasidan. Genrixning chet ellik avantyuristlar va Rim kuriyasiga tayangan holda mamlakatni boshqarishga intilishi baronlarning noroziligiga sabab boʻldi. Baronlarni shaharliklar va dehqonlarning yuqori tabaqasi qoʻllab-quvvatladi (Fuqarolar urushi, 1263—67). Genrix davrida 1-ingliz parlamenti chaqirilgan.
Genrix IV (taxm. 1366. apr., Bolingbrok qasri, Linkolnshir grafligi — 1413.20.13, London) – qirol (1399-y. dan). Lankasterlar sulolasining asoschisi. Richard II tomonidan agʻdarilgan. Genrix davrida parlament huquqi kengaytirilgan.
Genrix V [1387.16.9(?), Monmut – 1422.31.8, Bua-de-Vensenn| — qirol (1413-y. dan). Lankasterlar sulolasidan. G. V Yuz yillik urush (1337-1453) davrida Azenkurda fransuzlarni tor-mor qilgan (1415) va Fransiyaning shim. ni (Parij bilan birgalikda) bosib olgan.
Genrix VI (1421.6.12, Vindzor — 1471.21.5, London) — qirol (1422 — 61), Lankasterlar sulolasidan. 9 oylik chaqaloqpigida taxt tepasiga kelgan. Hizil va oq gumar urushi davrida yengilgan. Taxt tepasiga qisqa muddatli kelishi (1470-y. okt. — 1471-y. apr.) dan soʻng yana taxtdan agʻdarilgan va Tauerda oʻddirilgan.
Genrix VII (1457.28.1, Pembruk – 1509.21.4, Richmond) — qirol (1485-y. dan). Tyudorlar sulolasi asoschisi. Bosvort jangi (1485-y. 22 avg.)da Richard III ni yengib, taxtni egallagan. Genrix davrida ingliz absolyutizmiga asos solingan.
Genrix VIII (1491.28.6, Grinvich – 1547.28.1, London) – qirol (1509-y. dan). Tyudorlar sulolasidan. Genrix davrida Reformatsiya oʻtkazshtyan. 1534-y. anglikan cherkovi rahbari deb eʼlon qilingan. 1536 va 1539-y. lar monastir yerlari musodara qilinib dvoryanlarga berilgan. G. VIII i. ch. vositalaridan mahrum qilingan dehqonlarga qarshi qator qonunlar chiqargan.