GEOGRAFIK ATLAS

GEOGRAFIK ATLAS — geografik xaritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sistemali toʻplami. Geografik atlasning dastlabki tuplami mil. 2-a. da Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Xorazmiy boshchiligida olimlar Yer meridiani yoyini oʻlchaganlar, xalifa Maʼmun (813 — 833) ning koʻrsatmasiga binoan bir kricha xaritalar (mas, «Dunyo xaritasi») tuzilgan. 10-a. da arab geograflari al-Istaxriy va Ibn Havqal tomonidan yaratilgan 21 xaritadan iborat «Islom atlasi» deb ataluvchi tuplamda musulmon olami tasvirlangan. Geografik atlaslar 15-a. oxiridan, Buyuk geografik kashfiyotlar Yer haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, mustamlakachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik xaritalarga katta ehtiyoj tugʻilgach, keng tarqala boshladi. Atlas xaritagrafiyasining rivojlanishiga flamand Avraam Orteliy (1527—98), Gerard Merkator (1512—94) va b. salmoqli hissa qoʻshgan. «Atlas» termini dastlab 1595-y. geografik xaritalar toʻplamiga nisbatan ishlatilgan. Termin Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan, keyinchalik bu nom ommalashib ketgan. 16-a. oxirida birinchi marta atlaslar maxsus vazifani bajarish uchun nashr etilgan (mas, L. Vagenerning 2 jildli dengiz navigatsiya xaritalari toʻplami, 1584—85). Usha vaqtdan koʻp jildli katta bichimli Geografik atlaslar nashr qilina boshlandi. Geografik atlaslar tuzish 17-a. da Niderlandiyada rivoj topdi. Semyon Remezov 1701-y. tuzgan «Sibir chizma kitobi»ni ruslar birinchi rus Geografik atlas deb hisoblaydilar. 18-a. da Parij, Peterburg va Berlin FAda Geografik atlaslar tuzish yetakchi urinni egalladi. 19-a. dan mavzuli (tematik) atlaslar paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududi tasvirlangan dastlabki xaritalarning toʻliq nusxalari 1914-y. da nashr etilgan «Rossiyaning Osiyo qismi atlasi»da berilgan. Hozirgi Geografik atlas larning oʻziga xos xususiyati shundaki, ulardagi xaritalar oʻzaro uygʻunlikda boʻlib bir-birini toʻldiradi.

Geografik atlaslar gʻoyatda xilma-xil. Qancha hududni qamrashi (dunyo, ayrim mamlakatlar, viloyatlarning atlaslari), mazmuni (umumiy geografik xaritalar, mavzuli xaritalarning soha atlaslari, mas, geologik, iqlim, q. x. atlaslari), vazifasi (ilmiy maʼlumotnomali, Oʻlkashunoslik, oʻquv, turistik, yoʻl atlaslari va h. k.) bilan farq qiladi.

Geografik atlaslar oʻlchami ham har xil: katta atlaslardan (1928-y. nashr etilgan Misr atlasi) choʻntak atlaslarigacha bor. Nashr etilgan muhim Geografik atlaslar orasida Dunyoning katta sovet atlasi (1937—40), Dunyo atlasi (uch jildli, 1954), Dengiz atlasi, Dunyo xalqlari atlasi (1964), Geografik kashfiyotlar tarixi va tadqiqotlari atlasi (1959), Antarktida atlasi (1-jild, 1966), Oksford iqtisodiy atlasi (1965), Yevropada Chexoslovakiya (1935 va 1966), Italiya (1940), Belgiya (1949), Daniya (1949) va b., Afrikada — Misr (1928), Gana (1949), Marokash (1955), Osiyoda — Hindiston (1957, dastlabki nashri), Isroil (1956-64) va b., AQSHda Meyer atlaslari (1911), Kanada (1957), Braziliya (1966) atlaslari va b. ning ahamiyati katta. 1963-y. Oʻzbekiston atlasi, 1980—81 y. larda Oʻrta Osiyo respublikalari ichida birinchi boʻlib, oʻzbek va rus tillarida Oʻzbekiston uquv atlasi, 1982—85 y. larda Oʻzbekiston FA Geografiya bulimi tomonidan 2 jildli Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy maʼlumotnomali atlasi nashr qilindi. Atlasning 1-jildida Oʻzbekistonning tabiiy sharoiti va resurelari (geol. si, iqpimi, suv resurelari, tuprogʻi, usimlik va hayvonot dunyosi) aks ettirilgan. Birinchi marta ekologiyaga oid, bashorat qilish va baholash xaritalari berildi. Atlasning 2-jildida aholi, sanoat, q. x., transport, oʻrta va oliy taʼlim, sogʻliqni saklash, rekreatsiya, madaniyat va har bir iqtisodiy geografik r-n va b. xaritalar oʻz aksini topgan. Toshkent sh. ning 2000-yillik yubileyiga 1983-y. Toshkent Geografik atlas yaratildi. 1984-y. Oʻzbekiston Yer tuzish loyiha in-ti tomonidan Oʻzbekiston Agrosanoat kompleksi albomi nashr etildi. Oʻzbekistonning paxtachilik (1985), tibbiyot-geografik (1987) atlaslari tuzildi. 1999-y. oʻzbek va rus tillarida oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining geografik atlasi nashr etildi.

Ld.:Saliщyev K. A., Geograficheskiye atlasы (Itogi nauki. Kartograficheskiy sb., 1-3, M., 1964-68); Mirzaliyev T., Muxitdinov Sh. M., Bazarbayev A., Atlasnoye kartografirovaniye v Oʻzbekistane, T., 1990.

Turgʻunboy Mirzaliyev.


Lotin alifbosida maqola: GEOGRAFIK ATLAS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
GEOGRAFIYA
YER
BUYUK BRITANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты