GEOGRAFIK NOMLAR

GEOGRAFIK NOMLAR, toponimlar — Yer yuzasidagi geografik obyektlarning atoqli nomlari. Toponimlar orasida hududlar nomi — xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orol boʻyi), suv — gidronimlar (Orol dengizi, Amudaryo), relyef — oronimlar (Zarkosa togʻi, Kamchik dovoni), aholi turar joylari — oykonimlar (Toshkent sh., Samarkand sh., Goʻzalkent qishlogʻi) va b. nomlar farq qilinadi. Geografik nomlar vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzilishiga koʻra bir-biridan fark qilgani holda juda barqarordir. Geografik nomlarda geografik sharoitlar, tarix, til, madaniyat, sivilizatsiya va b. omillar aks etgan boʻladi. Geografik nomlarni toponimika tadqiq qiladi.

Ad.: Hasanov H. H., Yer tili, T., 1977; Hasanov H . H.., Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixidan, T., 1965; Qorayev S, Geografik nomlar maʼnosi, T., 1978.


Lotin alifbosida maqola: GEOGRAFIK NOMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
TARIX
AMUDARYO
TOPONIMIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты