GEOGRAFIK QOBIQ

GEOGRAFIK QOBIQ, landshaft qobigʻi, epigeosfera — Yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar oʻzaro tutashadigan va bir-biriga taʼsir etadigan qobigʻi. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Uning yuqorigi va pastki chegaralari ham shartlidir. Atmosferada Geografik qobiq stratopauza buylab oʻtadi deb hisoblaydilar, chunki Yer yuzasining atmosfera jarayonlariga boʻlgan issiqlik taʼsiri shu chegaragacha davom etib, litosferada esa gipergenez oblasti quyi qismigacha boradi. Geografik qobiq butun gidrosferani, Yer poʻstining yuqori qavatini va atmosferaning quyi qismi (25—30 km qalinlikdagi qatlam)ni oʻz ichiga oladi. Geografik qobiqning eng qalin qismi 40 km ga yaqin.

Geografik qobiqning Yerdagi boshqa qobiqlardan farqi: G. q. Yerdagi va kosmosdagi jarayonlar taʼsirida shakllanadi; litosfera, atmosfera tutashib, oʻzaro taʼsir etib turadi — turli xil erkin energiyalarga nihoyatda boy, unda moddalarning barcha agregat holati uchraydi; Quyoshdan keladigan issiqlik toʻplanadi; insoniyat jamiyati mavjud.

Yer poʻstini tashkil etadigan tog jinslari relyef bilan birga, havo massalari, suv, tuproq qatlami va biotsenozlar, qutbiy kengliklarda va baland togʻlik joylarda toʻplangan muzliklar G. q. ning asosiy moddiy komponentlaridir. Gravitatsion energiya, sayyoraning ichki issiqligi, Quyoshning nur energiyasi va kosmik nurlar energiyasi esa asosiy energetik komponentlaridir.

Geografik qobiq quyidagi muhim xususiyatlarga ega:

1) tarkibiy qismlari oʻrtasida betoʻxtov modda va energiya almashinishi tufayli Geografik qobiq yaxlit bir butunni tashkil etadi;

2) moddalar (ular bilan bogʻliq holda energiya) aylanma harakat qilib turadi. Tabiatda moddalarning aylanib yurishi turlicha: ulardan baʼzilari mexanik harakatlardir (atmosfera sirkulyatsiyasi, dengiz oqimlari), boshqalarida moddaning agregat holati oʻzgaradi, uchinchilarida uning kimyoviy tarkibi ham oʻzgaradi (biologik aylanma harakat); 3)ritmiklik, yaʼni jarayon va hodisalarning vaqt oʻtishi bilan takrorlanishi. Bu, asosan, astronomik va geologik sabablarga bogʻliq. Sutkalik (kun va tunning almashinishi), yillik (yil fasllarining oʻzgarishi), asr ichida (mas, har 25—50 y. da) iqdim, muzlik, koʻl sathi, daryolardagi suv miqdori va b. ning takroriy oʻzgarib turishi, asrdan koʻp (mas, har 1800—1900-y. larda va salqinsernam iqlimli davrning quruq va issiq iqlimli davr bilan almashib turishi), geologik ritmlar (kaledon, gersin, alp togʻ hosil boʻlish bosqichlaridan har birining 200—240 mln. yil davom etishi) va h. k. ritmlar farq qilinadi;

4) ekzogen va endogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri ostida Geografik qobiq niig yaxlit sistema sifatida betuxtov rivojlanishi;

5) Yerning shakli va Quyosh energiyasining Yer yuzasida taqsimlanishidan kelib chiqadigan zonallik hamda regionallik xususiyati.

Geografik qobiqni tabiiy geografiya oʻrganadi. Geografik qobiq gʻoyasiga dastlab P. I. Brounov (1910) va R. I. Abolin (1914) yondashdi. Geografik qobiq terminini A. A. Grigoryev (1932-y. dan) asosladi.

Fotixkamol Gʻulomov.


Lotin alifbosida maqola: GEOGRAFIK QOBIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
TOSHKENT
ATMOSFERA
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты