GETEROTSIKLIK BIRIKMALAR

GETEROTSIKLIK BIRIKMALAR (getero… va yun. kyklos — halqa) — molekulasida halqa saqlaydigan va bu halqada ugleroddan tashqari bir yoki bir nechta boshqa elementlarning atomlari (geteroatomlar)ni tutadigan organik moddalar. Halqasida azot (N), kislorod (O), oltingugurt (S) tutadigan Geterotsiklik birikmalar katta ahamiyatga ega boʻlib, ularga nuklein kislotalar, oqsillar va b. molekulalari tuzilishida ishtirok etadigan alkaloidlar, vitaminlar, antibiotiklar va tabiiy pigmentlar kiradi. Xalqaro nomenklaturaga asosan muhim Geterotsiklik birikmalarning trivial nomlari saqlanib qolgan, mas, pirrol (I), furan (II), tiofen (III). Halqasida 3 tadan 10 tagacha atom tutgan monotsiklik Geterotsiklik birikmalarning nomlari ulardagi geteroatomlar (N — aza, O — oksa, S — tia, R — fosfa va h. k.) ni, aʼzolarining sonini, halqalarning toʻyingan yoki toʻyinmaganligini eʼtiborga olgan holda tuziladi Mas, aziridin (IV), tiiren (V), tiyet (VI), 1,3dioksolan (VII), pergidropirimidin (VIII). 5 va 6 aʼzoli toʻyinmagan Geterotsiklik birikmalar aromatik xossaga ega boʻlganligi sababli geteroaromatik birikmalar deb ataladi. Ular (mas, tiofen, pirrol, piridin) ning kimyoviy xossalari benzol va uning hosilalariga oʻxshashdir. Geterotsiklik birikmalarga koʻpchina moddalar, mas, furan guruhiga furfurol (plastmassa i. ch. da ishlatiladigan xom ashyo), pirrol hosilasiga oʻsimliklar xlorofili va qon gemini kiradi. Geterotsiklik birikmalar oʻsimlik va tirik organizm hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Tibbiyotda qoʻllaniladigan doridarmonlarning deyarli yarmi Geterotsiklik birikmalardan iborat.


Lotin alifbosida maqola: GETEROTSIKLIK BIRIKMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ORGANIK KIMYO
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
YER
KISLOROD


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты