GIDROMONITOR

GIDROMONITOR (gidro… va monitor) — katta bosimli suv oqimi hosil qiladigan va uni zarur joyga yoʻnaltiradigan apparat. Konlarda koʻmir va togʻ jinslarini yemirish va tashish uchun; q. x. da lavlagi, kartoshka va b. ni loydan tozalash uchun ishlatiladi. Katta bosimli suv Gidromonitor stvolidan otilib chiqqan paytda teskari kuch paydo boʻlmasligi uchun quvurdan keladigan yuqori bosimli suv ikki yonga barobar ajralib, soʻngra yana birlashadigan quvurlar yordamida Gidromonitorga beriladi. Gidromonitor vazifasiga koʻra, ochiq joylarda, yer ostida ishlatiladigan va maxsus; ish tarziga qarab, oʻyadigan va yuvadigan xillarga; vujudga keltiradigan bosimi boʻyicha yuqori bosimli va past bosimli apparatlarga boʻlinadi. Gidromonitorlar qoʻl yordamida va uzokdan boshqariladigan gidravlik uzatmali qilib ishlab chiqariladi. Uzokdan boshqariladigan oʻziyurar Gidromonitor ayniqsa keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: GIDROMONITOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты