GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. Gidrotexnika inshootlari vazifasi boʻyicha 2 guruhga — umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi. Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan Gidrotexnika inshootlari tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv oʻtkazgich (vodovod) suvni tegishli joylar (kanal, nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yoʻnaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) Gidrotexnika inshootlari turli qismlarining ravon birlashishini taʼminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib (tashlab) yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlarga zulfinlar oʻrnatiladi. Rostlagich (yoʻnaltirgich) inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini oʻzgartirish va yaxshilashga, oʻzan va qirgʻoqlarni yuvilib ketishdan, oqiziqlarning toʻplanib qolishidan, muz taʼsiri va b. dan himoya qilishga moʻljallangan. Maxsus Gidrotexnika inshootlari gidroenergetika (gidroelektr stansiya binolari, bosimli havzalar va sh. k.), suv transporti (kema kutargich shlyuzlar, pristanlar va b.) inshootlari, meliorativ (magistral va taqsimlovchi kanallar, suvni kerakli balandlikka koʻtarish uchun nasos stansiyasi, kollektor-drenaj tarmogi, tindirgich, suv taqsimlagichlar, suv oʻlchash qurilmalari va b.) inshootlar, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya inshootlari va b. kiradi.

Gidrotexnika inshootlari vazifasiga koʻra asosiy (toʻgʻonlar, bosimli devorlar, suv tashlama, rostlash inshootlari, tunnellar va b.) va yordamchi inshootlar (muzdan himoya inshootlari, ajratish devorlari va b.)ga boʻlinadi. Gidrotexnika inshootlari kapitalligi boʻyicha 4 darajaga (4darajaga yordamchi inshootlar kiradi) boʻlinadi. Qabul qilingan kapitallik darajasiga muvofiq Gidrotexnika inshootlarining mustahkamlik darajasi, yaʼni chidamlilik va barqarorlilik darajasi aniqpanadi, hisobiy maksimal suv sarfi (l/s yoki mʻ/s), qurilish materiallariga talablar belgilanadi. Gidrotexnika inshootlari boshqa muhandislik inshootlardan doimiy ravishda oqib yoki tinch turgan suv taʼsiri ostida boʻlishi bilan farqlanadi. Suv Gidrotexnika inshootlariga mexanik (statistik va dinamik yuk, suvning zilzila paytidagi bosimi, filtratsiya bosimi, muz bosimi, oqiziqlarning yemirish taʼsiri va b.), fizik va kimyoviy (materiallarning zanglashi, gruntdagi tuzlar erishi, katta tezlik va vakuum paydo boʻladigan kvitatsiya va b.), biologik (oʻt oʻsishi va b.) taʼsir oʻtkazadi. Shu sababli Gidrotexnika inshootlari qurishda maxsus gidrotexnik beton, temir-beton va b. pishiq materiallar qoʻllaniladi. Gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DYUKER
TEZOQAR
TOʻGʻON
TOSHKENT
DAMBA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты