GINGIVIT

GINGIVIT (lot. gingiva — milk, itis — yalliglanish) — milk shilliq qavatining yalligʻlanishi. Meʼda-ichak, nafas aʼzolari, yurak-tomir, nerv sistemasi, periodontit, paradontoz, qon kasalliklari, infeksion kasalliklar, avitaminozlar, ogʻir metallar (simob, qoʻrgʻoshin va b.)ning tuzlaridan zaharlanish,. tish toshi G. ga sabab boʻladi. Baʼzan antibiotshlar yoki boshqa dorilar qabul qilinganda ham Gingivit yuzaga keladi. Hayz sikli buzilganda, homiladorlik va balogʻatga yetish davrida koʻp uchraydi. Chirigan tish qirrasi, notoʻgʻri qoʻyilgan tish yoki yasama tish, shuningdek, dagʻal tish choʻtkasining milkni chaqalashi, kimyoviy moddalar va issiqdan kuyish ham Gingivitga sabab boʻlishi mumkin. Gingivitda milk qizarib shishadi, bezillab turadi va salga qonaydi (kataral Gingivit), milk cheti kulrang karash bilan qoplanadi, ostidan yara chiqadi, ogʻizdan sassiq hid keladi. Soʻlak oqadi, t-ra koʻtariladi, jagʻ ostidagi limfa bezlari kattalashadi (yarali Gingivit); milk oʻsib, butun tishni qoplaydi, ogʻriq sezilmaydi (gipertrofik Gingivit) yoki aksincha tish ildizi ochilib qoladi (atrofik Gingivit). G. ga xos dastlabki alomatlar paydo boʻlganda darhol vrachga koʻrinish zarur. Oldini olish uchun ogʻiz boʻshligʻini toza tutish, bot-bot stomatolog vrachga murojaat qilib, tish toshini oldirish va chirigan tishlarni davolatib turish lozim (yana q. Stomatit).

Saidqosim Arifov.


Lotin alifbosida maqola: GINGIVIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TISH
HAYZ
OVQATLANISH
YASAMA TISH
YURAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты